HUDHUDNING UNGA JAVOBI
Hudhud dedi:
- Bunday da’vo va lof bilan Qof tog‘ida Simurg‘ yonida o‘tirish mumkin emas. Har
damda Uning oshig‘iman deb lof urma, zero U hech bir kishining qopiga sig‘maydi. Agar
Uning davlatidan bir yengil shamol — nasim sen tomon essa, sen shunga ming shukr
qilib, yo‘lida harir parda to‘sha. Shunda U seni xursand bo‘lib, o‘z yo‘liga tortadi va seni
o‘z xilvatgohida yolg‘iz o‘tqazib qo‘yadi. Sening hozirgi sevging ozor berishdir, holbuki
Uning ishqi — sevgisi seni barcha lofu da’volardan xalos etib, Majnun qilib qo‘yishi aniq.
Do'stlaringiz bilan baham: |