49
“Insondagi mavjud husn va latofat hayo ila iffatdir.”
(“Otalar so’zi”)
* * *
“Kishida ilm bilan halollikning birga bo’lishi buyuk fazilat”.
(“Otalar so’zi”)
* * *
“Tozalikdan qochgan kishi xastalik domiga tushadi”.
(“Otalar so’zi”)
* * *
“Tozalik badanning quvvatini ko’paytiradi va go’zalligiga
go’zallik
qo’shadi”.
(“Otalar so’zi”)
* * *
“Go’zal yuz ko’z nurini oshiradi”.
(“Otalar so’zi”)
Mashg’ulotingizda bolalarga tozaligu ozodalikning va pokizaligu soflikning
inson ichki ma’naviyatining negizlari ekanini tushuntira olgan bo’lsangiz,
demakki, xayrli ishlarni amalga oshirdingiz, chunki ular odamning insoniy
ziynatlaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: