* * *
“Baxtli oila – bu el e’zozida, xalq e’tiborida yashaydigan hamda insonlar
orasida, jamoada, jamiyat a’zolari orasida ibrat – namuna bo’la oladigan osoyishta
va xotirjam oiladir”.
Xolbo’ta To’raqulov.
* * *
“Jamiyat degan imkoniyatlar maydoni bor. Jamiyatda esa oila degan
muqaddas qo’rg’on bor.
Oilada esa farzand degan buyuk ne’mat bor.
Ana shular asosida davlatimiz siyosatida barkamol avlod tarbiyasi bor.
Barkamol avlodni tarbiyalashda faol ishtirok etish – bu ham buyuk baxtdir”.
Xolbo’ta To’raqulov.
* * *
“Dunyodagi barcha ne’matlardan faqat yaxshi nom qoladi, hatto, shuni ham
qoldira olmagan odam baxtsizdir”.
Sa’diy.
* * *
“Vaqting ketdi, baxting ketdi”.
(Xalq maqoli)
Do'stlaringiz bilan baham: |