Ma’naviyatsizlik – bu “Ma’naviy qashshoqlikdir”. Bunday odamlar savodsiz
bo’ladi, ularga ixtiyoriy bir savobni “Obi hayot” desangiz ham ishonaveradi. Ular
jamiyat uchun xavflidir.
Ma’rifatsiz – qalbida ezgu niyati yo’q kishidir. Ular nima qilayotganini, oxiri
nima bilan tugashini bila olmaydi, chunki ularning dunyoqarashi juda tor bo’ladi.
Ular ma’rifatli kishilarning aksidir.
Yovvoyilik – kishidagi insonlarga bo’lgan hurmatsizligi, ishonchsizligi,
nokamtarligi, qo’polligi, kishilarni o’ziga yaqinlashtirmasligi kabi illatlarning
majmuasi. Yovvoyi odamda odamiylik xislati hyech ham bo’lmaydi.
Odobsizlik – kishining xulqiy go’zalligini yo’qotuvchi faoliyat. U jamoadagi,
oiladagi sog’lom muhitni yo’qotuvchi vosita yoki asos hamdir. Odobsiz kishidan
xalq ham, oilasi ham bezor.
Oriyatsiz – bunday kishilar o’zlari va oilalarining izzat – nafslarini, qadrlari
bilan hisoblashmaydilar, qadr – qimmat haqida o’ylamaydilar ham, shuningdek,
o’zlarining ham qadrlarini bilmaydilar. Oriyatsiz kishi manqurt hamdir. Ularda or
bo’lmaydi.
Yomonlik – bu odamning boshqa odamlarga nisbatan qiladigan yovuzligi va
hattoki o’ziga ham. Ularning ichi qora bo’ladi, doimo burovga yomonlik qilishni
ko’zlab ish tutadi. Yomonlik illatlar ichida eng yomon illatdir. Yomonlik o’z
egasini tanazzulga uchratadi. Yomonlik ayrim hollarda yaxshilikni ham “yerga
kirgizib yuboradi”.
Ushbu jarayonni, ya’ni ma’lumotlar ketma – ketligini juda ko’plab davom
ettirish mumkin. Ammo vaqt chegarasi bo’lganligi sababli ularni hozircha
vaqtincha to’xtatib olamiz va mashg’ulotning davomini kichik guruhlardagi
bolalarni jalb qildirib olib boramiz. Kichik guruhlar nomlari bor. Ular: birinchi
kichik guruh – “VATANPARVAR”, ikkinchi kichik guruh – “MADANIYAT”,
uchinchi kichik guruh – “MA’RIFAT”, to’rtinchi kichik guruh –
“MA’NAVIYAT” va beshinchi kichik guruh “ORIYAT”.
Hurmatli bolajonlar ma’naviyat – ma’rifatga tegishli ba’zi bilimlarga ega
bo’ldingiz va bu haqda oldindan ham tushunchaga egasizlar, endi sizlar bilan
birgalikda ma’naviyatlilik va ma’naviyatsizlilik haqida savol – javob o’tkazsak
rozimisizlar, deb bolalarga murojaat qilinadi va savol – javob boshlanadi. Bunda
murabbiy yoki tarbiyachi savolni o’qiydi va qo’l ko’tarib savolga javob berishga
ruxsat so’ragan guruhga ruxsat beriladi. Agarda javobni to’ldiruvchilar bo’lsa,
ularga ham ruxsat beriladi. Javoblar uchun maxsus blanka qilinib, javoblar unga
qo’shimchalar belgilanib boriladi. Har bir savolga 4 balgacha qo’yiladi. Jami
yig’iladigan ball 100 ga teng bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |