Saylanma. Maxtumquli
www.ziyouz.com kutubxonasi
52
Rizqingga kafildir Alloh, Muqtadir,
Oltin-kumush, olmos,
yoqut ila dur,
Haqdan g‘ayri tamom ziyon ko‘rinar.
Allohni unutib, aqling yitirma,
Har nafas ogoh bo‘l, g‘aflat ketirma.
Behuda, befoyda umring o‘tirma,
Dunyo baqosizdir, ayon ko‘rinar.
Xoja, sayyid, podsho – so‘ralmas nasab,
Hashr-nashr bo‘lsa,
olarlar hisob,
Haromga azob bor,
shubhaga itob,
Munda yaxshi, unda yomon ko‘rinar.
Maxtumquli, o‘qib bildim Qur’ondan,
Asar yo‘qdur avval ketgan karvondan,
Go‘rda yolg‘iz
yotajaging makondan,
Ey do‘st, ilon bilan chayon ko‘rinar...
Do'stlaringiz bilan baham: