Saylanma. Maxtumquli
www.ziyouz.com kutubxonasi
107
O’g‘lini
qurbon etmoqqa,
Qo‘ymagan qonin to‘kmoqqa,
Jabroilning yelagidir.
Gurg yig‘lar Ya’qub yoninda,
Duldul Alining shoninda,
Iyso eshagin minganda,
Sigir Muso ulovidir.
Tangri
yaratdi hayvonni,
Behisht ko‘rmas mahshar kuni;
Sakkiz hayvonning maskani,
Derlar, jannat bulog‘idir.
Ajab yerlar,
ajab joylar,
Kun qizdirmas, botmas oylar,
Behisht o‘tlog‘ini saylar,
O’avzi Kavsar suvloQidir.
Namrud Haqqa o‘q
tashladi,
Shaddod bir jannat boshladi,
To‘rt yuz yillik bog‘ ishladi,
Nomi ham Eram bog‘idir.
Maxtumquli, so‘z boqiysi,
Ko‘zinda g‘aflat uyqusi,
Qarshida ajal sog‘iysi,
G’ofil odam tuzog‘idir.
Do'stlaringiz bilan baham: