3. Kriminogen yondashuv. Kriminogen yondashuvda alohida
e’tibor subyektning jinoiy qilmish sodir qilish niyati shakllanishining
1
Большой психологический словарь / Сост. Мещеряков Б., Зинченко В.
– Олма-пресс. 2004.
40
individual xususiyatlarini tizimlashtirish yoki jinoiy faoliyatni
sistematik ravishda amalga oshirishda bunday niyatga ko‘maklashishni
o‘rganishga qaratiladi. Shu asosda shaxs kriminogenligining umumiy
turlari qatorini ajratish mumkin.
Birinchi tur jinoiy qilmishni sodir qilishga tayyorgarlik predmeti
nafaqat olinayotgan natija, balki sezilarli darajada jinoiy harakatlar
sodir qilinishi jarayonining ma’lum jinoiy ehtiyoj mavjudligiga
asoslanishi bilan tavsiflanadi. Ushbu ehtiyoj (jinoiy mayl) tashqi shart-
sharoitlardan qat’i nazar, faollashishi va jinoiy tajovuz sodir etish
uchun obyekt va imkoniyatlar izlashga undashi mumkin. Jinoiy mayl
kishining axloqida ko‘pincha hukmron xarakterga ega bo‘ladi, uning
boshqa intilishlarini so‘ndiradi. Bunday turdagi yengish mushkul
bo‘lgan mayl, aqli rasolikni istisno etmaydigan, mayllar nuqsoniga
kiritiladigan ruhiy anomaliyani namoyon qiladi. Jinoiy mayl ixtiyoriga
ko‘ra jinoiy harakatlar sodir qila turib, jinoyatchi bunda qoniqmaslik
tuyg‘usining anglab bo‘lmaydigan kompensatsiyasini (badalini), ichki
zo‘riqishning bo‘shashishini topadi, zo‘rlik, o‘g‘rilik, buzg‘unchilik va
boshqa jinoyatlarni sodir qilish jarayonidan qoniqish, qiziqish tuyg‘usi
va o‘zi uchun ijobiy deb hisoblaydigan boshqa holatlarni boshidan
kechiradi.
Jinoyatchi shaxs kriminogenligining ikkinchi turi - ayrim
ehtiyojlarni qondirish yoki muammoli vaziyatni qonuniyga nisbatan
afzalroq ravishda hal etishning jinoiy usullarini subyektiv ravishda
qarama-qarshiliklarsiz o‘zlashtirishda ifodalanadi. Shaxsning krimino-
gen potensiyasi (yashirin imkoniyati), shaxsning boshidanoq harakat-
larning jinoiy usuliga berilganligi, uning oldida prinsipial tanlov
masalasi turmasligida ifodalanadi. Ehtiyojlarni jinoiy usul bilan
qondirishning bunday azaliy maqbulligi unga bo‘lgan ko‘p uchraydi-
gan ijobiy munosabat, uning o‘zlashtirilganligi, qo‘llashning odatiyligi,
«qulay» natijaga bo‘lgan ishonchi, javobgarlikdan qochishi bilan
belgilanadi.
Jinoyatchi shaxs kriminogenligining uchinchi turi - delinkvent
nafaqat jinoiy usul bilan shaxsiy-qimmatli natija olish imkoniyatini,
balki maksimal darajada xavfsizligini ta’minlovchi qulay sharoitlar
bo‘lgandagina ma’lum ehtiyojlarni qondirishning jinoiy usulini
o‘zlashtirishi bilan ifodalanadi. Jinoiy maqsad va usulni o‘zlashtirish
uni ro‘yobga chiqarishning yuzaga kelgan o‘ta qulay imkoniyatiga
javob xususiyatiga ega.
41
Jinoyatchi shaxsning kriminogen potensiyasining to‘rtinchi turi –
jinoiy harakatlar usulini majburiy, ichki qarama-qarshiliklar bilan
o‘zlashtirishda namoyon bo‘ladi. Bu subyekt ehtiyojlarini qondirish-
ning qonuniy usuli real imkoniyati tarzida mavjud emas va bu ehtiyojni
qondirmasdan qoldirish mumkin emas deb hisoblaganda sodir bo‘ladi.
Mazkur holatda jinoiy harakatlar usulining faqat majbur qiluvchi
holatlar, subyektiv tomondan ilojsiz holat tufayligina ma’qulligi
ifodalanadi.
Beshinchi tur – ba’zi bir holatlardan ta’sirlanuvchanlik shaklida
namoyon bo‘ladigan g‘ayriqonuniy harakatlarni beixtiyor sodir etishga
moyillik bilan tavsiflanadi. Bu g‘ayriixtiyoriy ta’sirchanlik ziddiyatli
vaziyatda yoki haqoratga javob sifatida tajovuzkorona «chaqnash»da
va jabrlanuvchiga tan jarohatlari yetkazishda aks etishi mumkin.
Bunday axloqning psixologik jihatlari jinoiy xulq yo‘nalishi va
stereotiplari mavjudligida ifodalanadi.
Jinoyatchi shaxs kriminogenligining oltinchi turi – jinoiy usulni
o‘zga shaxslarning tashqi kriminogen bosimining hal qiluvchi ta’siri
ostida, yoxud u bilan o‘z axloqini identifikatsiyalashga tayyorligini
shart qilib qo‘ygan guruhdagi uning konform axloqi natijasida
o‘zlashtirishida namoyon bo‘ladi. Mazkur turda shaxsning antikriminal
bardoshi mavjud bo‘lmaydi. Bu guruhda o‘z o‘rnini belgilash
layoqatining rivojlanmaganligi, ularga bo‘lgan salbiy munosabatiga
qaramay, g‘ayriqonuniy harakatlarni sodir etishga qarshilik qilish
uchun jur’atsizligi tufayli boshqa shaxslarning ta’siriga ko‘nuvchanligi
bilan ifodalanadi.
Mazkur yondashuv asosida rus olimi V.M. Kudryavsev endi
klassik bo‘lib qolgan jinoiy axloqning «vaziyat - shaxs - jinoiy axloq»
tizimida bog‘liqligi sxemasini «ijtimoiy ehtiyojlar – ehtiyojlarni
qondirishning ijtimoiy imkoniyatlari - jinoyatchilik» sxemasiga
o‘zgartirdi. Shunga ko‘ra, u shaxs va jinoyat o‘rtasidagi bevosita aloqa
o‘rniga shaxslarning ijtimoiy ma’qul yoki ijtimoiy xavfli determi-
nantlar shakllanishi ehtimoli bo‘lgan butun ijtimoiy aloqalari tizimini
ko‘rib chiqish taklifini berdi. Demak, jinoiy axloqning ijtimoiy
determinatsiyasida uni ifodalashning uchta mexanizmi ajralib chiqadi:
1) shaxsning ma’lum ijtimoiy shakllanishi;
2) unga noqonuniy yoki qarama-qarshi xarakterda bo‘lgan ko‘r-
satmalar berish;
42
3) shaxsni axloqning jinoiy variantini tanlashga majbur qiluvchi va
yengillashtiruvchi vaziyatga solib qo‘yish.
Do'stlaringiz bilan baham: |