Microsoft Word лотинча девиант хулқ-атвор психологияси rtf


  Motivatsion-patologik  yondashuv



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/68
Sana01.01.2022
Hajmi1,14 Mb.
#288543
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   68
Bog'liq
Deviant xulq atvor psixogiyasi

6.  Motivatsion-patologik  yondashuv.  Mazkur  yondashuv  muallif-
lari  jinoiy  yo‘nalish, avvalambor,  shaxsning  qarashlari,  manfaatlari  va 
qadriyatlari  o‘zgarishiga  olib  keluvchi  kishining  motivatsion  muhiti 
o‘zgarishlari  natijasida  namoyon  bo‘ladi,  deb  hisoblaydilar.  Bunda 
delikvent  shaxsda  nafaqat  ehtiyojlar  mazmuni  va  sabablari,  balki 
ularning  tuzilishi  ham  o‘zgaradi,  kamroq  ifodalangan  bo‘lib  qoladi. 
Motivatsion muhitning bunday o‘zgarishlari natijasida delikvent shaxs 
ta’sirchan  bo‘lib,  uning  patologiyasini  shakllantiruvchi  mayllar 
xarakterini  oluvchi  ehtiyojlari  hukmronligi  ostida  qoladi.  B.V.Zeygar-
nikning  nazariy  qoidalari  va  shaxsiy  empirik  tadqiqot  materiallaridan 
foydalangan  holda,  YU.M.Antonyan  va  V.V.Guldan  jinoyat  motivlari 
tasnifini  ishlab  chiqdilar,  bunda  shaxs  yoki  faoliyatning  ma’lum  bir 


 
49 
patologiyasi  ularning  shakllanish  shart-sharoiti  sifatida  namoyon 
bo‘ladi. 
Affektogen  motivlar  ko‘proq  psixopatik  anomaliyali  huquqbu-
zarlarda  kuzatiladi.  Bu  mazkur  jinoyatchilarning  hissiy  ta’sirchan-
ligining  o‘ziga  xosligi,  yuqori  qo‘zg‘aluvchanligi,  ularni  yumshatish 
ko‘pincha  shafqatsizlik,  tajovuzkorlik,  jaholat  bilan  ajralib  turuvchi 
harakatlarga  olib  keluvchi  affektiv  tashvishlarning  tiqilib qolishi  bilan 
asoslanadi.  Bunday  harakatlarni  sodir  etish  imkoniyati  yo‘qligini  his 
qilgan  holda,  xafa  qilgan  shaxsga  nisbatan  zudlik  bilan  qarshi 
harakatlar  zarurligini  subyektiv  ravishda  sezish  affektiv  reaksiya 
yuzaga kelishining zaruriy sharti hisoblanadi. 
Vaziyatli-impulsiv  sabablar  mavjud  ijtimoiy  me’yorlar,  avvalgi 
tajribalar,  tashqi  ahvol,  o‘z  harakatlari  orqasida  yuz  berishi  mumkin 
bo‘lgan  oqibatlarni  hisobga  olmagan  holda  dolzarb  ehtiyojlarni 
qondirish  bilan  bog‘liq.  Subyektlardagi  g‘ayriqonuniy  harakatlarining 
vaziyatli-impulsiv  sabablarining  yuzaga  kelishi  va  ro‘yobga  chiqishi 
ularning xulqini boshqarishning o‘tmishdagi tajriba, o‘z harakatlarining 
bashorati  va  kelib  chiqishi  mumkin  bo‘lgan  oqibatlari  natijasida 
buzilishiga asoslanadi. 
Anetik  sabablar  ma’naviy-etik    va  huquqiy  me’yorlarga,  ya’ni 
axloqni 
tartibga 
solishning 
eng 
yuqori 
darajasida 
faoliyat 
vositachiligining  buzilishini  bildiradi.  Mazkur  sabablarga  ko‘ra  sodir 
etilayotgan  ko‘pgina  jinoyatlar,  masalan,  odam  o‘ldirish,  unga 
tayyorgarlik  ko‘rish  va  kelgusida  izlarni  yashirish  bilan  amalga 
oshirishning  turli  bosqichlarida  barcha  harakatlar  va  operatsiyalar 
o‘ylangan hamda puxta rejalashtirilgan xususiyatga ega bo‘ladi. 
«Surrogat»  sabablar  biologik  o‘xshash  bo‘lmagan  yoki  mavjud 
ijtimoiy  me’yorlar  tomonidan  taqiqlanadigan,  jinoyatchi  uchun 
qo‘zg‘atuvchi va mazmun hosil qiluvchi funksiyaga ega bo‘lgan: jinsiy 
perversiyalar,  nekrofil,  gomoseksual  axloq,  pedofil,  piromaniya  (olov 
yoqishga  moyillik),  dromomaniya  (daydilikka  moyillik)  va  hokazo 
obyektlarda  ehtiyojlarni  ro‘yobga  chiqarish  bo‘yicha  jinoiy  harakat-
larni bajarish bilan aloqadordir. 
Psixopatik  xulq  –  shaxsning  ma’lum  xislatlari,  masalan,  ro‘yobga 
chiqarishga  intilish  axloqning  sababi  hisoblanib,  tajovuzkorlik  yoki 
gumonsirashni qo‘zg‘atuvchi kuchga ega bo‘ladi. 
  Suggestiv  sabablar  –  guruh  rahnamolari  suggestiv  obro‘-
e’tiborining  ishontiruvchi  ta’siri  yoki  guruh  ichidagi  axloqiy  muhit 
dinamikasi bilan belgilanadi. 


 
50 
Tushunilmagan  sabablar  –  bu  mazmuni  tushunarsiz  yoki  noaniq 
bo‘lgan  g‘ayriqonuniy  harakatlarning  sabablari  bo‘lib,  ularni 
qo‘zg‘atuvchi  asos  bolalik  paytida  shakllanadi  va  ruhiyatning  tubida 
yotadi, jinoiy axloq esa «o‘rnini bosish» xarakteriga ega bo‘ladi. 
Shunday qilib, psixologiyada mavjud bo‘lgan delikvent shaxsning 
o‘rganishga  yondashuvlarni  ko‘rib  chiqishda  har  biri  tadqiqotdagi 
muammoli sohani yoritadigan determinatsiyalovchi belgilarning tahlili 
va  tavsifini  turli  darajalarga  ajratish  mumkin.  Fikrimizcha,  delinkvent 
axloq  shakllanishi  qonuniyatlarini  yanada  to‘liq  tahlil  qilish  va 
jinoyatchi  shaxsining  psixologik  xususiyatlarini  ochish  uchun  ko‘rib 
chiqilayotgan muammoning imkon qadar barcha jihatlariga  kompleks 
yondashuvni  amalga  oshirish  zarur.  Ushbu  masalada  shaxsning  jinoiy 
axloqni  keltirib  chiqaruvchi  va  bunga  moyilligi  bo‘lgan  shaxslarni 
huquqiy  me’yorlarga  rioya  etuvchi  odamlardan  farqlaydigan  hech 
qanday  yaxlit  (va  yagona)  xususiyati  yo‘qligi  haqidagi  holat 
belgilovchi  hisoblanadi.  Jinoyatchilar  va  jinoyatchi  bo‘lmaganlarni 
bitta qandaydir xususiyat yoki uning miqdori emas, balki ularning sifat 
jihatdan  takrorlanmaydigan  uyg‘unligi  va  alohida  «solishtirma 
og‘irligi»,  ya’ni  hozircha  yetarli  darajada  o‘rganilmagan  xarakter 
tizimiga  ega  bo‘lgan  shaxsiy  xususiyatlar  kompleksi  qat’iy  ravishda 
ajratib  turadi.  Jinoiy  axloqning  genezisi  shaxsning  ijtimoiy  xavfli 
qilmishlar  yoki  harakatsizlik  shaklidagi  xulqiy  harakatga  psixologik 
jihatdan  tayyorligi  holatining  shakllanishidan  iborat.  Bu  tayyorlikning 
shakllanishi  jarayonida  shaxs  o‘ziga  xos  ravishda  tashqi  shart-
sharoitlarni  o‘zlashtiradi  va  baholaydi.  Buning  uchun  shaxsan  xos 
bo‘lgan  xohishlarni  (sabablarni)  fikridan  o‘tkazadi,  harakatning  qulay 
usullari  va  maqsadini  belgilaydi.  Ko‘zlangan  maqsadga  shaxsning 
o‘zini  namoyon  qiluvchi  bilim,  mahorat  va  qobiliyatlari  tufayli 
erishiladi.  Shunday  qilib,  shaxsning  jinoiy  axloqi  xususiyatlarining 
vujudga  kelishi  jarayoniga  axloqning  tashqi  shart-sharoitlarini 
o‘zlashtirishi,  sabablar  paydo  bo‘lishi,  maqsadni  ko‘zlashi  va  ijro 
boshqaruvi sabab bo‘ladi. 
Noijtimoiy axloq subyekti sifatida jinoyatchi shaxsining ruhiyatini 
ochishda  uning  psixologik  xususiyatlarini  o‘rganishga  kompleksli 
yondashuv  talab  qilinadi.  Bu  yondashuv  shaxsning  qaysi  psixologik 
xususiyatlari  jinoiy  axloq  vujudga  kelishida  rol  o‘ynashi  to‘g‘risidagi 
ilmiy  asoslangan  xulosalarga  tayanish  lozim,  ya’ni  jinoyatchi 
shaxsining  kriminogenligi  mohiyatini  ifodalovchi  psixologik  tuzilma 
modelini yaratish zarur. 


 
51 
Tadqiqotchilar  jinoyatchi  shaxsining  psixologik  tuzilmasiga 
quyidagilarni kiritadilar: 
-  ehtiyojli-motivatsion  muhitning  xususiyatlari  (ehtiyojlar,  man-
faatlar, turg‘un sabablar va boshqalar); 
-  qimmatli-me’yoriy  muhit  xususiyatlari  (qarashlar,  e’tiqod,  qim-
matli oriyentatsiyalar, yo‘l-yo‘riqlar); 
-  intellektual  xususiyatlar  (aqliy  rivojlanish  darajasi,  fikrlashning 
o‘ziga xosligi va boshqalar); 
-  jinoiy  axloq  uchun  ahamiyatli  bo‘lgan  tajribani  ifodalovchi 
xususiyatlar (bilim, mahorat, malaka, qobiliyat); 
- his-hayajonli, irodaviy xususiyatlar, mizoj. 
Bunday holda, delikvent shaxsning turli toifalari orasida shaxsning 
ko‘p  jihatdan  jinoiy  yo‘nalishlarini  belgilab  beruvchi  aniq  psixologik 
xususiyatlarga  ega  bo‘lgan  jinoyatga  moyil  alohida  turini  ajratish 
mumkin. 
  Shaxsning psixologik xususiyatlari (shaxsiy xususiyatlari) degan-
da,  ta’sirchanlikning  oddiy  shakllari  va  axloqning  adaptiv  mexanizm-
larini belgilovchi individual sifatlarning nisbatan barqaror yig‘indisini, 
o‘zi  haqidagi  tasavvurlar  tizimini,  shaxslararo  munosabatlari  va 
ijtimoiy  o‘zaro  munosabatlarining  xarakterini  tushuniladi.  Boshqacha 
aytganda,  bu  shaxsning  jamiyatdagi  aktiv  faoliyatini  ta’minlovchi 
nisbatan  barqaror  va  betakror  tuzilmani  ifoda  etuvchi  ichki  kompo-
nentidir. 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish