Ehtiyotsiz jinoyatchilar. Ehtiyotsizlik orqasida jinoyat sodir etgan
shaxslar qasddan jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan o‘zlarining
psixologik xususiyatlariga ko‘ra prinsipial tafovutlarga egadirlar.
Ushbu shaxslar uchun qasdli jinoyatchilarda bo‘lgani kabi maqsadga
erishish sababiyligi emas, balki omadsizlikdan qochish sababi xosdir.
Bunday holda, kishi uchun muvaffaqiyatga intilish emas, balki shaxsiy
halokat deb qaraluvchi muvaffaqiyatsizlikdan qochish muhim bo‘lib
qoladi.
Ehtiyotsiz jinoyatchilar uchun hayotiy vaziyatlarga ta’sirchanlik
nuqtai nazaridan intrapunitiv ta’sirlar, yoki ekstrapunitiv ta’sirlar xos
bo‘lgan, ya’ni aybni atrofdagilarga ag‘darish moyilligi bo‘lgan qasdli
jinoyatchilardan farqli o‘laroq, ularga sodir etilgan jinoyat uchun aybni
ko‘proq o‘z zimmalariga olish xosdir. Mazkur shaxslar toifasida turli
vaziyatlardan xavotirlanish yuzaga kelishiga moyillik kuzatiladi. Ular
o‘zlariga ishonchsizlik, ruhiy zarba vaqtida bezovta bo‘lishga moyillik,
ortiqcha o‘zini o‘zi nazorat qilish tuyg‘ulari ko‘rinadi. Ekstremal
(qaltis) vaziyatlarda bunday shaxslar qo‘rquvga oson beriladilar va
tahdidli ega vaziyatda ratsional emas, balki hissiy ta’sirlanishga
moyildirlar. Bularning barchasi favqulodda sharoitlarda bajarilayotgan
harakatlar samarasining pasayishi va xatolar miqdorining oshishini
nazarda tutadi. Ularda to‘siqlarga chidamlilikning past darajasi
kuzatiladi, ushbu vaziyatlar mutanosib moslashuvning buzilishiga va
qaror qabul qilishdagi qiyinchiliklarga olib keladi. Tadqiqotlar shuni
ko‘rsatadiki, bunday shaxslar uchun oldindan aytib bo‘lmaydigan
yakunli, amaldagi omillarning tez-tez almashishi va tartibga
63
solinmagan o‘lchovlarga ega vaziyatlar ruhiy zarba (stressli)
hisoblanadi. Bunday holatda ular stereotipli, andazali harakatlarga
moyil bo‘ladilar va holatni yetarli darajada xolisona tahlil qilish
ahvolida bo‘lmaydilar, bu esa oldindan bilish mumkin bo‘lgan
natijalarning buzilishiga olib keladi.
Ehtiyotsiz jinoyatchi shaxsiyatining boshqa xususiyati aybdorlik
hissining mavjudligidir. Bu tuyg‘u bilan bog‘liq holat ular uchun
subyektiv ravishda odatiy bo‘lib qoladi va ular ongsiz ravishda unga
intiladilar. Shuning uchun, ongsiz ravishda o‘zini aybdorlik hissini
faollashtirish bilan bog‘liq sharoitlarga solib qo‘yish an’anasi
amerikalik psixolog E. Bernning terminologiyasi bo‘yicha, mazmuniga
ko‘ra, ssenariyli xarakterga ega bo‘lishi, ya’ni ongsiz hayotiy intilish,
kishining axloqini belgilab beruvchi va uning uchun hamma
qilmishlari va umuman axloqini tizib qo‘yuvchi sabab bo‘lib
hisoblangan dastur sifatida namoyon bo‘lishi mumkin. Jinoyat ular
uchun ongsiz ravishda o‘zlarini aybdorlik hissini maksimal darajada
kuchli his qilishlari va uzoq vaqt, hatto doimo shu holatda qolishlari
mumkin bo‘lgan vaziyatga solib qo‘yishga intilish bilan belgilanadigan
hayotning muayyan qonuniy holati hisoblanadi. Ehtiyotsiz jinoyat
interpretatsiyaning ushbu jihatidan aybdorlik hissini maksimal darajada
boshdan o‘tkazish va qolgan butun umri davomida uni boshdan
kechirishni davom ettirishning subyektiv imkoniyati sifatida namoyon
bo‘ladi. Boshqacha aytganda, ehtiyotsiz jinoyatni asosiy hayotiy
muammoni hal etish – kelgusidagi holatlardan qat’i nazar, kelajakda
doimo aybdorlik hissini tuyish imkonini beruvchi hayotiy tarjimai hol
faktini qo‘lga kiritishga imkon beruvchi o‘ziga xos ekzistensial yutuq
deb baholash mumkin.
Qayd etilgan delikvent shaxsning psixologik xususiyatlari
tahlilidan quyidagi xulosaga kelish mumkin.
1. Psixologik xususiyatlar va jinoiy faoliyat o‘rtasida aniqlangan aloqa
muhit ma’lum darajada ta’sir qilganda psixologik aloqasi jinoiy axloqning
real ravishda amalda potensial omillaridan biri sifatida ko‘rib chiqish
imkonini beradi, chunki muhit ushbu omil namoyon bo‘lishiga xuddi
kuchaytiruvchi ta’sir kabi, uni to‘xtatuvchi ta’sir ham ko‘rsatadi.
2. Keltirilgan jinoyatchilarning axloqiy va psixologik xususiyat-
larini hisobga olgan holda, delikvent shaxs qonunga rioya qiluvchi
shaxs bo‘lganida ular mazkur toifadagilar uchun jinoiy ahamiyat kasb
etuvchi va o‘ziga xos me’yoriy salbiy tizim yoki mustahkam
psixologik xususiyatlari bilan farq qiladi.
64
Do'stlaringiz bilan baham: |