Microsoft Word лотинча девиант хулқ-атвор психологияси rtf


  Ijtimoiy-psixologik  yondashuv



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/68
Sana01.01.2022
Hajmi1,14 Mb.
#288543
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   68
Bog'liq
Deviant xulq atvor psixogiyasi

4.  Ijtimoiy-psixologik  yondashuv.  Delikvent  muhitni  xarakter-
lovchi  mazkur  yondashuvning  muhim  tushunchasi  jinoiy  kriminal 
submadaniyat ta’rifi hisoblanadi. 
Jinoiy  submadaniyat  -  jamiyatning  cheklangan  qismiga,  jinoiy 
yo‘nalishdagi  fuqarolarga  nisbatan  bo‘lgan  ma’naviy  hayotdir.  Jinoiy 
submadaniyat  huquqbuzarlarni  birlashtiradi,  ularning  axloqini  tartibga 
soluvchi sifatida chiqadi. Lekin uning asosiy xavfi shundaki, u jamiyat 
ongini  buzib  ko‘rsatadi,  jinoiy  tajribani  boshqa  shaklga  aylantiradi, 
aholining  odamoxunligini  zaiflashtiradi,  yoshlarni  ijtimoiylashtirish 
jarayonini  susaytiradi,  ma’lum  huquqiy  me’yorlarni  buzishning 
(masalan,  soliq  to‘lashdan  bo‘yin  tovlash)  maqsadga  muvofiqligi 
to‘g‘risida  jamoatchilik  fikrini  shakllantiradi,  ayrim  toifadagi  jinoyat-
chilarning  ijobiy  qiyofasini  yaratadi,  aksincha,  huquqni  muhofaza 
qiluvchi organlarga yordam beruvchi fuqarolarni qoralaydi. Boshqacha 
aytganda,  bu  jihatdan  jinoiy  submadaniyat  umumiylikni,  avvalambor, 
yoshlar  muhitini  kriminallashtirishning  asosiy  mexanizmi  hisoblanadi. 
Submadaniyatning  markaziy  elementi  kriminal  psixologiya,  ya’ni 
jinoiy  hayot  tarzi  va  huquqbuzarlik  sodir  etilishini  oqlovchi  va 
rag‘batlantiruvchi  odamlar  ongida  yozilmagan  ijtimoiy  qadriyatlar  va 
tasavvurlar tizimi hisoblanadi.  
Submadaniyatning  boshqa  eng  muhim  elementi  –  bu  axloqning 
kriminal  me’yorlari  (qoidalari)dir,  ular  jinoiy  hamjamiyatning,  uning 
a’zolarining ijtimoiy maqomi va huquqlari; huquqni muhofaza qiluvchi 
organlar  va  axloq  tuzatish  muassasalari  ma’muriyatiga  munosabati; 
ozodlikdan  mahrum  etish  joylaridagi  va  turmushdagi  xulqi;  mehnatga 
munosabati;  shaxslararo  ziddiyatlarni  hal  qilish  tartibi;  jinoiy 
hamjamiyatga  yangi  a’zolarni  qabul  qilish  («propiska»qilish)  maro-
simlari;  «yig‘ilish»lar  qilish  tartibi  va  «qonundagi  o‘g‘rilar»ga  toj 
kiydirish  va  hokazolardan  iborat  butun  hayot  faoliyati  doirasini 
boshqaradi.   
Stratifikatsiya,  ya’ni  odamlarni jinoiy  muhitdagi  real  hokimiyatga 
nisbatan  ularning  obro‘-e’tiboridan  kelib  chiqqan  holda  shartli 
iyerarxik  guruhlarga  ajratish  jinoiy  submadaniyatning  o‘ziga  xos 
elementidir.  Jinoiy  submadaniyatning  boshqa  bir  o‘ziga  xos  elementi 
sifatida  jinoiy  muloqot,  xususan,  jargon  (jinoiy  til),  laqablar,  tatui-
rovkalar kabi vositalarni keltirish mumkin. 


 
43 
Rus  psixologi  V.L.Vasilyev  jinoyatchilarning  turli  toifalarini 
tadqiq  qilib,  yaqin  muhitning  salbiy  ta’siri,  ularni  ijtimoiylashtirish 
darajasining pastligi va egotsentrizmni ta’kidlab o‘tadi. Masalan, 85 % 
ga  yaqin  shaxsga  qarshi  jinoyatlar,  jabrlanuvchilar  bilan  ish  bo‘yicha, 
qarindoshlik,  shaxsiy  va  boshqa  yaqin  aloqalar  bilan  bog‘liq  shaxslar 
tomonidan  sodir  etiladi,  ya’ni  jinoyat  munosabatlar  keskinlashuvi 
oqibatida  yuzaga  kelgan  ziddiyatning  yakunlovchi  bosqichi  hisobla-
nadi.  Muallif  og‘uvchi  axloqni  va  delikventlarni  o‘rganish  uchun 
mazkur shaxs a’zosi bo‘lgan ijtimoiy guruhlar bilan chuqur tanishuvni 
qo‘llash zarur deb hisoblaydi. Uning fikricha, delinkventning eng yaqin 
muhitida qo‘llanilayotgan o‘zaro munosabatlar tuzilmasini o‘rganish, u 
a’zosi  bo‘lgan  ijtimoiy  guruhning  ruhiyatini  bilish  shaxs  va 
jamiyatning,  individual  va  jinoyatga  moyil  ong  o‘rtasidagi  aloqalarni 
ochish uchun zarurdir. 
Boshqa psixolog S.V.Kudryavsev  –  delinkvent axloqning shaklla-
nishiga ta’sir ko‘rsatuvchi ijtimoiy-psixologik omillarni tahlil qiladi. U 
mazkur  omillarga  ijtimoiy  kayfiyat,  axloq  me’yorlari  va  stereotiplari, 
guruhiy  bosim  va  guruhiy  birdamlik  mexanizmlarini,  shuningdek, 
shaxslararo  o‘zaro  munosabatlar  mexanizmini,  shaxsda  psixologik 
jarayonlarning  shakllanishi,  guruhiy  va  ijtimoiy  maqomni  qo‘lga 
kiritishni  yoki  mahalliy  an’analar  va  udumlarni  kiritadi.  Mutaxassis-
larning  vazifasi,  S.V.  Kudryavsevning  fikrcha,  ijtimoiy-psixologik 
jarayonlarning  sifatli  o‘zgarishlarini  ochib  berish  va    ular  qanday 
modifikatsiyalarda  jinoiy  axloqni  paydo  qiluvchi  omillar  bo‘lib 
qolishini  ko‘rsatishdan  iboratdir.  Buning  uchun  bu  ko‘rinishlarni 
darajasi  bo‘yicha  ommaviy,  guruhiy  va  individual  (yakka  tartibda) 
tizimlashtirish  zarur.  Bundan  tashqari,  u  qayd  etilgan  jarayonlarni 
barqaror  yoki  ijtimoiy  shart-sharoitlar  o‘zgarishiga  qarab  kam 
o‘zgaradigan  va  kishining  labil  xususiyati  bevosita  bu  sharoitlarga 
bog‘liq  bo‘lgan  jarayonlarga  ajratishni  taklif  etadi.  Bunday  holda, 
shakllanishda  va  bevosita  delikvent  shaxslarni  hosil  qilishda  nafaqat 
turli  darajaga,  balki  turli  dinamik  xarakteristikalar  va  tashqi  muhit 
shart-sharoitlari  bilan  o‘zaro  aloqada  bo‘lgan  ijtimoiy-psixologik 
omillar  ishtirok  etadi.  Vaziyatli  yo‘l-yo‘riqlar,  sekin-asta  shaxs  va 
guruh  tuzilmalarida,  omma  ongida  mustahkamlanib  borib,  uzoq 
muddatli  hosilalar  xususiyatlarini  o‘zida  kasb  etadi,  ya’ni  labil 
jarayonlar barqaror jarayonga aylanadi. 


 
44 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish