Dengiz qaroqchisi – bosqinchilikka, bezorilikka moyillik, huquqni
muhofaza qiluvchi organlarga nisbatan salbiy munosabatni anglatadi.
Shturval oldidagi qurollangan qaroqchi tasviri: «O‘lja izlayapman»
degan ma’noni anglatishi mumkin.
Fil – ozodlikka chiqqanidan keyin huquqni muhofaza qilish organ-
lari xodimlaridan o‘ch olish maqsadi.
Tatuirovkalarning ko‘rinishlari. Lombrozo tomonidan belgilab
berilgan biologik tabiatga ega bo‘lgan navbatdagi diagnostik alomat –
bu tashqi qiyofada ham axloq, ham sof «erkakcha» belgilarning yaqqol
ustunligidir. Erkak va ayolning mardlikka, sovuqlikka, tavakkalchilik-
ka, jismoniy kuch va chidamlilikka moyillikda ifodalanuvchi xos
farqlari delinkventda zo‘rlik va tajovuzga, shafqatsizlik va nafratga
moyillik, qurolga, ichkilik ichishga va tamaki chekishga bo‘lgan
ishtiyoq shaklida aks etadi.
Shaxsning og‘uvchi axloqiga ta’sir ko‘rsatuvchi boshqa jiddiy
biologik
omillar,
Lombrozoning
fikricha
1
,
kishining
ruhiy
1
Qarang: Ломброзо Чезаре. Женщина преступница и проститутка. –
Поппури, 2004.– 42 с.
24
parokandaligi yoki telbaligi hisoblanadi. Bunday holda, tutqanoqli va
affektiv kasallar uchun xos bo‘lgan ruhiy buzilishlar asossiz tajovuz
ko‘rinishida, avtomatik ravishda, ko‘rinmas tashqi sababsiz, shunchaki
u yoki bu jinoiy qilmishni sodir etishda, keskin ruhiy qo‘zg‘alish
oqibatida namoyon bo‘lishi mumkin.
Lombrozoning jinoyatchi va fohishaning o‘xshashligi va keyingi
axloqiy xususiyalari haqidagi xulosasi shak-shubhasiz kriminal
nazariyaga qo‘shilgan hissa bo‘ldi:
- fohishalar barvaqt yuzaga kelgan axloqsizlik, rashk va shafqatsiz
qasoskorlik, umuman hech qanday axloqiy hissiyotlarning yo‘qligi va
o‘zganing mulkiga hurmatsizlik, xususan altruistik tuyg‘ular va biron-
bir do‘stlikning batamom mavjud emasligi bilan tavsiflanadi;
- ularda onalik va qarindoshlik hislari umuman bo‘lmaydi;
- fohishalar orasida ko‘pincha o‘g‘rilik va unda ishtirokchilik,
shantaj keng tarqalgan bo‘lib, ular damba-dam tana daxlsizligiga qarshi
jinoyatlar sodir qiladilar;
- fohishalarga spirtli ichimliklarga bo‘lgan ishtiyoq ham xosdir;
- ularga ochko‘z hirs xosdir va shu vaqtning o‘zida ularning jinoiy
ishtiyoqlari ularda jinoyat sabablari bo‘lib xizmat qilmaydi, chunki
jinsiy sohada ular tez qoniqish oladilar;
- fohishalarda uyatchanlik hissi bo‘lmaydi va ularda kekkayish
kuchli ifodalangan;
- fohishalar ba’zan hayvonlarga yaxshilik qilish va ularga
mehribonlik ko‘rsatishni namoyon etadilar, bu esa ularning odatiy
xudbinligi va atrofdagilarga befarqligi bilan nomutanosib ravishda
ifodalanadi;
- ular aql borasida cheklanganligi va bolalarga xos yaxshi yetil-
maganligi, tatuirovkalarga bo‘lgan muhabbat, estetik farosat va
sertakallufliklari bilan ajralib turishadi;
- fohishalar, xuddi jinoyatchilar kabi, o‘z maxsus jargonlariga ega
bo‘ladilar;
- ularda o‘yinlarga, shirinliklarga, ochko‘zlikka ishtiyoq kuchli
bo‘ladi;
- ular yalqovlikni yoqtirishadi, yengiltaklik, mulohazasizlik va
rejasizlik ular uchun xosdir.
25
Do'stlaringiz bilan baham: |