Microsoft Word лотинча девиант хулқ-атвор психологияси rtf


Fohishalik va jinoyatchilik



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/68
Sana01.01.2022
Hajmi1,14 Mb.
#288543
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   68
Bog'liq
Deviant xulq atvor psixogiyasi

Fohishalik va jinoyatchilik 
 
          
 
 
Jinoyatchi    va  fohishalar  anatomik  va  psixologik  munosabatlarda 
o‘xshashdirlar.  Xuddi  biridagi  kabi,  boshqasida  ham  axloqiy  tuyg‘u-
larning  xuddi  o‘sha  nuqsonlarini,  o‘sha  toshbag‘irlik  va  erta  paydo 
bo‘layotgan  yovuzlikka  moyillikni,  jamoatchilik  fikriga  befarqlikni 
ko‘rish  mumkin.  Shular  tufayli  biri  jinoyatchining,  boshqasi  esa  fohi-
shaning  holatiga  bir  xildagi    ehtiyotsizlik,  yengiltaklik  va  yalqovlik, 
kekkayish  va  shovqinli  o‘yin-kulgiga,  aysh-ishrat  va  kayf-safoga 
ishtiyoq  kabi  osongina  ko‘nikadi.  Fohishalar  orasida  hayratomuz 
ravishda   o‘g‘rilik, tovlamachilik  va tan  jarohati  yetkazish kabi  nisba-
tan  yengil  jinoyatlar  sodir  etish  tarqalgan.  Psixologik  nuqtai  nazardan 
fohisha  xuddi  o‘sha  jinoyatchiga  o‘xshaydi,  agar  u  jinoyat  sodir 
etmayotgan  bo‘lsa,  buning  sababi  –  uning  jismoniy  zaifligi  va  aqliy 
rivojlanishi cheklanganligidadir, yana undan ortig‘i, fahshda u o‘zining 
barcha istaklarini qondirish  vositasiga  ega  va  shuning  uchun  eng  kam 
energiya  sarflash  qonuniga  ko‘ra,  u  aynan  shu  vositani  boshqasidan 
ustun  qo‘yadi.  Shunday  qilib,  fohishalik  ayollar  huquqbuzarligining 
o‘ziga  xos  shaklidir.  Og‘ir  yoki  uncha  og‘ir  bo‘lmagan  jinoyatlarni 
sodir  etgan  haqiqiy  jinoyatchi    ayollar,  har  doim  o‘zlarida  u  yoki  bu 
jihatdan  yirik  anomaliyalarga  ega  bo‘lgan  holda,  erkaklardan  ancha 
ustun  bo‘lgan  g‘aroyib  axloqiy  buzuqligi  bilan  ajralib  turishadi    va 
biologik  nuqtai  nazardan  qaraganda  sof  erkakcha  xarakterga  ega  
bo‘ladilar  –  bir  so‘z  bilan  aytganda,  ularga  ayollik  xususiyatlaridan 
mustasno  ayollar  deb  qarash  kerak.  Shunday  qilib,  bizning  haqiqiy 
ayollar  jinoyatchiligini  aynan  fohishalikda  ko‘rish  mumkinligi 
to‘g‘risidagi nuqtai nazarimiz tasdig‘ini topadi. Endi bizga nima uchun 
fohishalar  orasida  aynan  yengil,  ahamiyatsiz  bo‘lgan  jinoyatlar  ustun 


 
26 
turishi  tushunarli  bo‘ladi.  O‘z  tabiatiga  ko‘ra,  jinoyatchi  bo‘lganlari 
holda, ular hamma jinoyatchilar uchun umumiy bo‘lgan yo‘ldan, lekin 
faqat ma’lum chegaralarga qadar borishadi, ushbu chegaralar orqasidan 
esa  jinoyatchilik  endi  o‘zgacha,  o‘ziga  xos  shaklda,  fohishalikda 
namoyon bo‘la boshlaydi. Biz yoshligida o‘g‘ri bo‘lgan, ulg‘ayganidan 
keyin  esa    o‘g‘rilikni  tashlab,  fohishaga  aylangan  ko‘p  qizlarni 
bilardik
1

Lombrozo  nazariyasining  izdoshlari  orasida  deviant  shaxsning 
shakllanishiga  evolyutsion  yondashuv  muallifi  V.V.  Djosni  eslatib 
o‘tish  zarur. Jonli tabiatning  evolyutsion  rivojlanishi,  Djosning  fikriga 
ko‘ra,  «homo  sapiens»  -  tabiat  ne’mati  bo‘lgan    «ongli  odam»ni 
yaralishida  to‘xtab  qolmadi,  balki  o‘zining  tur  ichida  rivojlanishini 
davom  ettirmoqda.  Odamning  evolyutsion  rivojlanishi  natijasida  uni 
ikki  turga:  oliy  tur  -  homo  pontific  –  olamga  ratsional  va  irratsional 
munosabatini  birlashtira  olgan  odamlar,  va  quyi  tur  -  delikventlar, 
homo  criminalis  -  o‘z  istaklarini  asabiy  ravishda  boshqaradigan 
odamlarga  ajratiladi.  Djosaning  fikriga  ko‘ra,  aynan  delikventlar, 
evolyutsion  (rivojlanish)  zinapoyada  hammadan  ko‘ra  hayvonlarga 
yaqin  turadilar,  chunki  ularning  tashvishlaridagi  aks  ehtiyoj  bevosita 
faolliklarini  asoslaydi,  ularning  bu  ehtiyojlarni  qondirish  borasidagi 
harakatlari  esa  g‘ayriixtiyoriy  va  impulsiv  ravishda  sodir  etadilar. 
Holbuki,  bu  evolyutsion  rivojlanish  kishining  o‘z  ehtiyojlarini 
qondirishini  hayvondan  farqli  o‘laroq,  o‘z  instinktiga  asosan  emas, 
balki  o‘zining  o‘tmishdagi  tajribasi  va  ko‘zlagan  maqsadiga  asosan 
amalga  oshiradi.  Zero  maqsadni  ko‘zlash,  xuddi  borliqqa  ratsional 
yondashuv kabi, irratsional yondashuvga ham asoslanishi mumkin, deb 
hisoblaydi Djos. 
Bu  dunyodagi  barcha  o‘zgarishlar  mazkur  mantiqni  o‘zlashtirgan 
kishi  uchun  tushunarli  va  oldindan  ma’lumdir.  O‘z  axloqini  bu 
mantiqqa bo‘ysundirgan kishining harakatlari doimo oldindan kutilgan 
natijaga  olib  keladi.  O‘z  ehtiyojini  qondirish  uchun  odam  o‘zi  uchun 
faqatgina uni ko‘zlangan maqsadga olib keluvchi harakatlarni tanlaydi. 
                                                
1
 Qarang: Ломброзо Ч. Гениальность и помешательство. – М.,  1995 
– С. 275
 


 
27 
Irratsional  dunyoda  hamma  narsa  insonga  noma’lum  bo‘lgan 
qonunlar,  go‘yoki  tasodifan,  lekin  kimningdir  xohishi  bilan  sodir 
bo‘ladi. Inson bu dunyoda go‘yoki tavakkaliga harakat qiladi. U oldiga 
maqsadlar  qo‘yadi,  kelajakni  oldindan  sezadi,  biroq  bunga  to‘liq 
ishonch hosil qila olmaydi. Irratsional olam kimgadir xayrixoh bo‘lishi 
mumkin,  bunday  odamning  «omadi  yurishadi»,  yoki  aksincha, 
dushmanlik  ruhida  bo‘lishi  mumkin,  undan  «omad  yuz  o‘giradi». 
Irratsional  dunyoda  xuddi  ratsional  dunyodagi  kabi  o‘z  faoliyatini 
rejalashtirish  mumkin.  Ammo  agar  inson  o‘z  iqtidoriga  ortiqcha  baho 
berib  yuborsa,  manzilga  toshbaqadan  oldin    yetib  borishiga  ishonib, 
yarim  yo‘lda  qolib  ketgan  quyonning  ahvoliga  tushib    qoladi. 
Irratsional  dunyoda  butunlay  hamma  narsani  bilish  mumkin  emas, 
chunki irratsional olam – bu obyektiv umumiy olamdir. Inson uchun u 
doimo  -  «kimnikidir»,  bu  dunyoda  u  faqat  «mehmonda»  bo‘lishi 
mumkin,  xolos.  Ratsional  olam  esa  subyektivdir,  inson  butun  hayoti 
davomida  o‘zini  boshqa  odamlarning  ratsional  fikrlari  bilan  tekshirib, 
uni  obyektivlikka  yaqinlashtirishga  intilgan  holda  tiklaydi.  Lekin  bu 
obyektivlik doimo nisbiydir. 
Ratsional  va  irratsional  dunyo  nisbati  turli  odamlarda  sezilarli 
darajada  farq  qilishi  mumkin.  Masalan,  yovvoyi  yoki  qabila  bo‘lib 
yashaydigan xalqlarda olamga nisbatan irratsional, rivojlangan (mada-
niylashgan)  xalqlarda  esa  -  ratsional  munosabat  ustun  turadi.  Biroq 
maqsadni ko‘zlashning rivojlanish an’anasi mazkur qutblarning ajralib 
ketishida  emas, balki  sekin-asta  yaqinlashuvida  yotadi. Bunday  holda, 
deb hisoblaydi Djos, kishining rivojlanishi insoniyatning inson-jinoyat-
chidan  taqvodor bo‘lishga – xudo tomonga yuz burishini eslatadi.  
Vaqt o‘tishi bilan, ta’kidlaydi Djos, evolyutsion  rivojlanish, tabiiy 
saralash orqali o‘tib, kishining hozircha yagona ko‘rinishini ikki turga 
bo‘ladi. Oliy tur – (o‘zini xudo deb da’vo qiluvchilar) pontifeksmenlar 
-  va  quyi,  delinkventmenlar  deb  nomlanuvchi  pontifeks-odam  va 
odamsifat  maymun  o‘rtasidagi  oraliq  ko‘rinishdagi  odamlar.  Djosning 
fikricha,  mazkur  bo‘linishni,  insoniyatni  «odamlar»  va  «odam  emas-
lar»ga  ajratish  uncha  katta  xato  bo‘lmaydi.  Zero,  delinkventmenlar 
turining  shakllanishi  birlamchi  hisoblanadi  va  ayni  vaqtda,  pontifeks-
menlar turidan ko‘ra o‘nglanish ehtimoli mavjud. 


 
28 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish