XIV
Hudhudning Kufga javobi
Hudhud unga shunday dedi:
Ey ishi makr va hiyladan iborat! Sen bu qilmishing bilan o'z joningga qasd qilyapsan! Ko'nglingda amalga oshishi mumkin bo'lmagan puch orzu o'rnashib olgan.Uning qo'lga kiritilishi aslo mumkin emas.
Faraz qilaylik, sen xazinani topgan taqdiringda ham, undan boshingga turli balolar yog'ilishini, yangi-yangi g'amlarga mubtalo bo'lishingni o'ylab ko'r, ey, o'ziga o'zi dard orttiruvchi notavon. Sen o'sha balolar girdobida xoru zorlikda o'lib ketasan, xazina esa dushman qo'liga o'tib ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |