LXIII
Kuf(boyo’g’li) uzri
Kuf o'z ahvolidan shunday shikoyat qildi:
Men zaif va ojiz bir qushman, yo'l esa qo'rqinchlidir. Umrimni boshimga qulab tushgudek bir vayronada o'tkaribman. Barcha vaqtim anduh va g'am tortish, motamsaro kishilar kabi ohu fig'on chekish bilan kechadi. Vayrona ostidagi xazinaga erishish umidida necha turli fig'onlar qilib, hatto o'zimdan ketib qolaman. Umrimda shunchalik azob-uqubat tortdim, ajab emas, nasibam bir kun xazina bo'lsa. Men ganj umidida devonaman, kecha-kunduz vayronani o'zimga makon qilib olganman. Bu uzun yo'lga meni undama! Men qaydayu Simurg'u Qof tog'i qayda?!
Do'stlaringiz bilan baham: |