XLVIII
Tog' Kakligi uzri
Yana tog' Kakligi ojizlik ko'rsatib, shunday dedi:
Ey barcha qushlarning yetakchisi! Men tog'da manzil qurgaii qushman. U yerda tilim Allohga madhu sano o'qish bilan banddir. Shu tariqa olam elidan etak silkib, tog' etagida orom va halovat topdim. Bu xil uzlat cho'qqisini ixtiyor qilish sababli menga tole o'rtoq, baxt yor bo’ldi, tog' xazinasi esa omonlik joyiga aylandi. Bas, shunday ekan, holimga bunday safar munosibmi? Yurishim doim kon ustida bo'lgandan keyin bu ishda orzuim gavhardir. Ma'naviy gavharni qoiga kiritish hamon qiyin ish bo'lib qolmoqda. Shunday ekan, bu yo'l menga bema'ni sayrdan boshqa narsa emas-ku!
Do'stlaringiz bilan baham: |