XLV
Kabutar uzri
So'ngra Kabutar o'z arzi holini shunday sharh etdi:
- Ey to'g'ri yo’l ko'rsatish bobida kamolot sohibi! Barcha qushlar orasida Alloh men uchun xalq qo’lidan ovqat yeyishlikni qismat etdi. Xaloyiq men uchun maskan va koshonalar quradi, kishilar oldimga suv va donlar keltirib qo'yishadi. Jahonda men
odamlar tuzog'ining mahbusiman, shu sababdan ularga odatlanib, o'rganib qolganman. Alloh menga bu holatni nasib etib, qismat dasturxonidan menga shu ish tushibdi. Haq shuni ravo ko'rgan ekan, undan bo'yin tovlash aql qonuniga muvofiq keladimi?! Qismatga shukr qilib, bu mashaqqatli hayotga yuz qo'ymaganim avlo emasmi?!
Do'stlaringiz bilan baham: |