LVII
Shunqor uzri
Shunqor shunday dedi:
Ey amriga hatto ogohlar ham tobe' bo'lgan to'da rahbari! Haq menga marhamat ko'rsatib, barcha qushlardan qudratliroq qilib yaratdi. Barcha shohlar men bilan faxrlanadi. Mening nomimni qushlar podshohi deb ataydilar. Chunki menga toj nasib etgan, boshimda oltin tumog'a — zar tojim bor. Mening barcha ahvolimni: qushlar orasida zotimni ham, otimni ham yaxshi bilasan. Bir shohning boshida toji bo'la turib, o'zga shohni istashi yaxshi emas-ku! O'zim shoh bo'la turib, nechun o'zga shohga tobe' bo'lishim kerak?!
Do'stlaringiz bilan baham: |