XXXVII
Hudhudning Tovusga juvobi
Hudhud unga javob berish uchun nafasini rostlab, shunday dedi:
Ey jaholat ahli kabi har narsani havas qiluvchi! Sen shunday holatlarni bayon etdingki, bu ish faqat devonalar va yosh bolalar qolidangina kela oladi, xolos! Odam degan tashqi go'zallik haqida so'z aytmaydi. Kimki, undan faxr etar ekan, uni odam qatoriga qo'shib bo'lmaydi! Noz va husn faqat dilbar qizlargagina yarashadi. Er kishi esa dard va mashaqqat chekishi bilan yaxshidir. Barcha shakl ahli uchun eng sharafli ish ana shudirki, u shakldan ma'no tomon olib boradi. Sen o'z shaklingga bino qo'yding, buning uchun kishilar tomonidan masxara etilishga loyiqsan. Chunki inson o'z tashqi go'zalligi bilan faxrlanmaydi, agar faxrlansa, u masxaralashga sazovordir!
Do'stlaringiz bilan baham: |