CLXXXIX
Bu kitobni nazmga solishda o 'z munosabatini bildirish
Bu hodisa hamon yodimdan ko'tarilmaydi: bolalik chog'imda maktabga qatnab yurgan kezlarim edi. Bolalar yerga muk tushganlaricha, har tarafdan bir saboqni egallash uchun un chekar edilar. Ular saboq og'irligidan qiynalar, "Kalomulloh"ni takrorlashdan ozor tortar edilar. Ustod xotirani mustahkamlash zehnni o'tkirlash va savodimiz ravon boisin uchun she'r o'qitar edi. Ba'zan nasrdan "Guliston"ni mutolaa qilsak, goho "Bo'ston" kabi she'riy asarlarni o'qir edik.
Bu paytda mening qiziquvchan ta'bim Farididdin Attorning "Mantiq ut-tayr" dostoniga ko'ngil qo'ygan edi. Men bu asarni takror-takror o'qir, yosh ko'nglim undan bahra topmoqda edi. Ta'b unda yozilgan so'zlarga oshno bo'lgach, boshqa asarlarni o'qishga
mayl ko'rsatmadi. Undagi ajoyib hikoyatlarga o'rganib qoldim, qush tilidan aytilgan kinoya va majoziy fikrlar menga oshno bo'lib qoldi. U yerdagi biron fikrga zehnim qiziqib, uning nima maqsadda aytilganini bilishga harakat etar edim. Bundan oladigan zavq meni ko'p xushhol etib, bu so'zlarning sharhlari meni lol etar edi. Shu ahvolda ko'p vaqt u bilan mashg'ul bo'lib, bu kitobga e'tiqodim tobora ortar edi.
Shundan so'ng men kishilar bilan ulfat bo'lishdan qochdim. Bu kitob xilvatdagj eng qadrdon sirdoshim bo'lib qoldi. Natijada kishilarning yashash tarzlari va harakatlari ta'bimga malol kela boshladi. Oqibat bu kitobga*o'lgan ishqim meni shu xil shaydolik sari yetakladi. By savdo meni devona bir holga solib, men, uzlat eshigini ochay va bu olamning bema'ni elidan qochay, dedim.
Bolalar mendagi bu holatni anglagach, g'avg'o-to'polon ko'targancha uni ota-onamga yetkazishdi. Ota-onam mening bu holatimdan vahimaga tushdilar. Ular: "Bu otashin so'zni uning yosh, xom tab'i ko'tara olmaydi. Bu asar unga og'irlik qilib, u jinni bo'lib qolishi mumkin. Keyin uni tuzatib bo'lmaydi", degan xayolga bordilar. Ular bu kitobni qo'limdan tortib olib, uni bir joyga yashirdilar va ko'nglimni u bilan mashg'ul bo'lishdan mahrum etdilar. Menga uni o'qishni qat'iy man' qilishib, "Mantiq ut-tayr" ustida fikrlashni taqiqlab qo'ydilar. Ota-onam, shoyad tez fursatda o'g'limiz bu ahvoldan qutulib, o'ziga kelib qolar, degan umidda edilar.
Lekin bu asar menga yod bo'lib qolgan edi. Uni doimo yashirincha takrorlab yurar edim. Ko'nglim qush tili bilan sirdosh bo'lib, undan boshqa so'zga maylim oz edi.
Men turk she'riyatida bayroq ko'tarib, bu mamlakatni bir qalam ostida birlashtirdim. To'rt devon bilan "Panj ganj" hech bir qiyinchiliksiz, g'am va mashaqqat chekmagan holda qo'lga kirdi. Agar taxmin etuvchi kotib nazm va nasrimdagi she'riyatimni chamalab ko'rsa, uni yuz ming bayt atrofida qiyos etar edi.
She'riyat sohasida shunchalik muvaffaqiyatlarni qo'lga kiritgan bo'lsam-da, lekin bir xayol sira yodimdan ko'tarilmas edi. Ya'ni Haq madad bersa-yu, men tarjima yo'li bilan asar yozsam. Biroq bu asarni yozish juda qiyin bo'lib, bu ishni bajarishdan ojiz edim. Qalamni ravon yurgizishga qo'lim bormas edi. Oqibat ko'rdimki, umrim tez o'tib ketmoqda. Men o'lib, bu kitob yozilmay qoladiganga o'xshaydi. Bundan men u dunyoga armbn bilan ketib, bu armon o'ti qalbimda umidsizlik dog'ini qoldiradimi, deb o'yladim.
Shundan so'ng bu ishga kirishib, unga birmuncha vaqtimni sarf etdim. Oltmish yoshga qadam qo'yganimda qush tilini sharhlash uchun qalamim uchini yo'ndim. Bu ishda Shayx ruhidan madad so'radim, u menga yordam qo'lini cho'zdi. Kechalari bu ruh menga yor bo'lib, ta'bim bu ma'noga mashg'ul bo'lgan paytda doimo qo'llab turdi. Qalamimni tez yugurtirib, har yarim kechaga qadar qirq-ellik baytni yozmaguncha to'xtamas, ajib bir ilhom bilan betinim ishlar edim. Shayx ruhidan ko'p shijoat yetib, asarimni oz fursatda tugalladim. O'z-o'zimni qanchalik qiynamayin, bu asarni yozish men uchun og'ir bo'lib, undagi ma'no ko'zdan yashiringan edi. Ammo Shayx ruhidan mushkilim oson bo'lib, mendek bir nomurod o'z murodiga erishdi.
Agar bir g'avvos ko'p mashaqqat chekib, o'zini bu dengizga oshno qilsa, uning qo'liga garchi durlar ilinmasa ham, bu dengiz mavjlarida suzib yurgan xas-xashaklarni yig'ib olsa, so'ngra ularni quritib, o'tin qilsa va bu o'tindan uning vayrona kulbasi bir zum tutunsiz yorisa, degan umidim bor.
Men bu dengiz ichra pok durlarni topa olmay, xas-xashaklarni yig'ib oldim. Nima qilay, qo'limdan faqat shu ishgina keldi, xolos! Hijronda qolgan ta'bim shu bilan ham qanoatlanadi! Oliy martabali she'r bituvchi olam ahliga o'z dengizidagi kondan naqd gavharlar sochgan bo'lsa mening undan oshirishga haddim sig'armidi! Undan olgan ehsonlarni vasf qilsam ham menga kifoya qiladi.
Umidim shuki, har kim bu kitobga ko'z solib o'qisa va undagi so'zlardan ko'ngliga
harorat yetsa, uni Shayx nafasidan deb bilsin va bu asardan fayz topib, o'z murodi maqsadiga erishsin. Bunda bizni ham u bilan bir qatorda ko'rib, ko'ngli ikkilik sari mayl qilmasin.
Do'stlaringiz bilan baham: |