CLXXXVIII
Tamsil
Bir komil kishi hojatini chiqarmoqni so'rab, Allohga shunday munojot qildi:
AIloh, pok zotingga shunday borliq mujassam bo'lganki, unga fanoni ko'rish imkoni yo'qdek. Sening zotingga erishmoq yo'lida vujudimni yo'qlikka chiqarsang. Unda vujudlik rangi sira yo'l topmasdan, sening vaslingni mushohada etishdan o'zga hech narsa qolmasin! Mening bu foniy vujudimdan asar istagan uni boqiy vujudidan topa olsin. "Menlik" va "senlik" oramizdan ketib, oradan "men" yo'qolib, faqat "sen" qolgin. O'zaro "sen"-"men" deb nisbat berish yo'q bo'lgach, men sendan visol topayin!
Do'stlaringiz bilan baham: |