CLXXVIH
Hikoyat
Omir qabilasidagi Qaysni ishq mag'lub etgach, uning aqli hushi ishq aro jinnilikka yuz tutdi. U Layli ishqida shunchalik mag'lub ediki, go'yo istovchi uyu, bu esa istalgandek edi. U bu ishqqa shunchalik qorishib ketgan ediki, bunda u xuddi mutlaq Laylining o'zginasi edi, ya'ni ishqda Layli bilan bir butunlikka erishgan edi.
Kunlardan bir kun birov undan: "Oting nima?" - deb so'radi. U: "Layli",- deb javob qildi.
Buni qanday isbot qilasan?- debdi boyagi kishi.
Kimningki zoti Layli bo'lsa, buni isbotlab o'tirishga hojat yo'q! Garchi bu senga shak bo'lib tuyulsa ham, menga aniqdir!- deb javob berdi u.
Bunday oshiqlikka yuz ming ofarin boisin!
Meni ham ishq o'tiga yondirgil! Ishq yagonaligi ichra meni ham ma'shuq etgil! Unda ishqqa cho'mishni menga qismat etki, o'zligimga bo'lgan munosabatim butkul uzilsin! Ishq aro Foniyni nobud aylagil, so'ngra ishqing birla mavjud aylagil!
Do'stlaringiz bilan baham: |