CLXXVII
Ishq yo 'li haqida munojot
Ey ko'ngilni ishqidan ravshan qilib, hajr tikanzorini gulshan etgan! Ishqing o'tidan oy va quyoshga yorug'lik yetishadi, shuning uchun ham ulardan tunu kun nur yog'ilib turadi. Ishqing chaqmog'i jonlarga o't soladi, shu'lasidan obodu vayronlarga o't tushadi. Ishqing jonni o'rtaguvchi bir otashin yulduz bo'lsa, uning siri pok bir gavhardir. Jonimga o'sha yulduzdan nur yetkaz! Ko'nglimni ishqing bodasi bilan mast qil: bundan men xuddi mayparast kabi mast bo'lay! Bu may bilan meni behush ayla! Aqlim o'rtadan ko'tarilgach, meni faslingga vosil et!
Do'stlaringiz bilan baham: |