Microsoft Word lisonut-tayr ziyouz com doc



Download 168,76 Kb.
bet152/172
Sana05.08.2021
Hajmi168,76 Kb.
#139294
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   172
Bog'liq
Alisher Navoiy. Lison ut-tayr

CLXXIV


O'zining shayx ruhi madadidan unga o'xshatma qilganligiga Qaqnus tamsili
Qaqnus degan bir ajoyib qush bor emish. U Hindiston mulkida maqom tutgan bo'lib, o'sha yerda sayr qilar ekan. Bu qushning shakli kelishgan, gavdasi ham baquvvatdir. Uning har bir parida o'zgacha naqshlar va ranglar jilva qiladi. U shunday ajoyib ko'rinishi bilan birga, ajib bir tumshuqqa ham ega. Tumshug'ida bir talay teshiklar bor. Agar u jonga huzur baxsh etuvchi dilkash bir navo tuzmoqchi bo'lsa, tumshug'idagi har bir teshikdan yangi bir kuy taraladi. Agar u biror kuy chalsa, bu kuyni eshitgan kishi hushidan ajraladi. U juftsiz holda o'zi tanho yashaydi. Hech bir qush unga teng kela olmaydi. U kishilar oyog'i yetmaydigan olis bir o'rmonda maskan tutib, bir daraxt boshida o'tiradi. Bir kun Fisog'urs o'sha yerdan o'tayotganida, uning unlari qulog'iga chalinibdi. U bu kuydagi turli sadolarni eshitib, ulami ajratgan holda musiqa fanini kashf etibdi.

Qaqnus o'rmonda juda uzoq yillar hayot kechirib, umrini o'tin yig'ish bilan o'tkazadi. Bu o'tinlardan, ular xoh ho'l, xoh quruq boisin, behad ulkan bir xirmon hosil bo'ladi. Umri poyoniga yetgach, u necha yillardan buyon jamlangan xirmoni ustiga chiqib, bir xushnavo kuy tortadi, nihoyatda hazin ohangda dilkash bir navo bilan sayraydi. Bu kuyni eshitgan o'rmondagi barcha qushlar va vahshiy hayvonlar uning atrofida yig'iladilar. Uning mungli nolasi ularga qattiq ta'sir etib, ko'pchiligi xastahol bo'lgancha halok bo’ladi. Uning bu kuylari nihoyasiga yetgach, oxirida bir ajib o'tli navo tortadi. Bu navodan o'zi yiqqan ulkan xirmonga o't tutashib, u turgan manzil va maskan olov ichida qoladi. Bu o't falakka bayroq tortgancha osmonu falakka ko'tarilib, xirmon go'yo xashakka chaqmoq tushgandek lovillab yona boshlaydi. Bu o'tinlar yongan sari Qaqnusning o'zi ham ular bilan birga yonib, parlari xuddi yaproqlardek o'rtanadi. Nihoyat, uning ham o'zi, ham yiqqan o'tinlari kulga aylanadi. Bu yong'indan yuz tuman zarra bir butun bo'lib birlashadi.

Bu kullar bir tog' bo'lib uyulgach, uning ichida bir qaqnusbachcha — Qaqnus bolasi bekinib yotadi. U asta-sekin qimirlab kul ichidan bosh ko'taradi, keyinchalik turli-tuman

ziynatlarga ega bo'lgan qanotlar chiqaradi. Havoga ko'tarilib, atrofga nazar tashlaydi va o'rmonni ko'radi hamda o'tin yig'a boshlashga kirishadi. U ham umri davomida o'tin to'plab, bu ish oxirida bir dilkash un tortadi. Uning yoshi poyoniga yetgach, u ham o'z otasi nima ish qilgan bo'lsa, o'sha ishni qaytaradi.

Shayx go'yo o'sha avvalgi qushga o'xshaydi. U ham umrini kuy aytish bilan o'tkazadi. U shunday ajoyib dilkash navo bilan sayradiki, uning kuyi barcha vahshiy hayvonlar va qushlarni o'ziga rnaftun etdi. Barcha uning bu ofat yetkazuvchi navosidan nobud bo'lib, xirmon va uning egasi kabi kulga aylandi. Ammo o'sha kul ichidan cho'g'dek yaltirab, balki cho'g' ichidan samandar kabi chiqib kelgan bir qush bolasi bor edi. Avvalgi qush qanday holatda kun kechirgan bo'lsa, bunda ham o'sha holat zohir bo'ldi. Bu ham yana o'shancha xirmon jam etdi va uning ham umri nihoyasiga yetdi. Gulshan va davrondagi har xil qushlar, faqatgina qushlar emas, balki vahshiy hayvonlarni ham o'z atrofida yig'di. Tumshug'idan yuz xil navo chiqardi, bu navolarning barchasi haqning yashirin sirlari haqida edi. U ham o'ziga, ham xirmonga o't solib, o'zini va o'zgalarni kuydirdi.

Men uni ota, o'zimni o'g'il deb atamay, u bir oliy sifat shoh bo'lsa, men uning bandasi, quliman.

Chunki avval u bu olovda kuyib, barcha olamga o't soldi. So'ngra bu o'tdan bironta kimsa menchalik kuyib-yonmadi, olamni o'rtovchi va dunyoni yorituvchi shu'la bo'lib porlamadi.

Qush tili vositasida shu'lalar paydo qilib, ham o'zimni, ham elning kul bo'lishini bildim. Bu dunyo otamdan nimaiki ko'rgan bo'lsa, menga ham u nasib bo'ldi. Olam elini ham, o'zimni ham o'rtadim. So'zni ham qush tilidan o'zgacha qilmadim. Umidim shuki, bu fano yolqini barcha kuyganlarga abadiylik ato etsin.




Download 168,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish