CLXX
O'z mulohazasi qusuri uzriga tamsil
Bir parishon tabiatli devona bo'lar edi. U birov savdosidan ko'p zor ahvolga tushgan edi. U ko'ngil qo'ygan jonona davronga ofat soluvchi, balki ishvasi bilan barcha jonluarga qiron keltiruvchi edi. Husn bobida hur va parilar ham unga taslim bo'lgan, oy va quyosh ham uning oldida chiroyli ko'rinmas edi. Olamni uning husni g'avg'osi tutgan, turli shaharlar va mamlakatlarga uning shov-shuvi tarqalgan edi. Husnining latofati garchi cheksiz bo'lsa-da, va lekin u ikki ish bilan mashhur edi. Birinchisi, u bilimdonlik va zukkolikda kamolot sohibasi bo'lsa, ikkinchisi, shiddat bilan jafo ko'rsatishga ham usta edi.
Bir kun ishqda majnuntabiat bo'lib qolgan oshiq ma'shuqasini yodga olib, uning yuzini gulga, qaddini sarvga, ko'rinishini tovusga, yurishini qirg'ovulga qiyos qildi. Devona
o'ziga xush yoqqan bu so'zlarni aytib turganida, uning oldiga oy yuzh dilbar yetib kelib, u aytgan so'zlarni pana joydan turib eshitdi. So'ngra yurib uning qoshiga keldi va shunday dedi:
Sen aytgan bu ta'riflar men uchun kinoyadan beshqa narsalar emas. Men ulardan nihoyatda or qilaman. Qomatimni sarv deb aytding, ammo sarv mening qaddim kabi xirom eta oladimi?! Yuzimni gul deding, lekin qaysi gulda men kabi yuz balolik ko'z va qosh bo'ladi! Ko'rinishimni tovusga qiyos qilding, qachon tovus elning aqlu hushini olibdi?! Yurishimni qirg'ovulga o'xshatding, ammo qay bir qirg'ovul kishilar qatliga sabab bo'la olgan?!
Oy yuzli go'zal g'azab bilan bu so'zlarni aytib, unga xitob etdi. Oshiq unga javob qaytarishdan ojiz bir holga tushdi:
- Men xato qilib qo'ydim, bundan nihoyatda sharmandaman, shunday bo'lsa-da, seni vasf etuvchi bir gunohkor bandaman!
Oy ko'rinishli bu so'zlarni eshitib, shu zahotiyoq:
Jahondan vujudingni yo'q qilib yuboraman!— deya unga g'azab qildi. Devona o'zini yerga tashlagancha zor yolvorib, shunday dedi:
Ey husni bilan parilar va hurlarga oriyat keltirgan. Men sen to'g'ringda nima so'z aytgan bo'lsam, ularning barchasi senga bo'lgan muhabbatim tufaylidir, ixlosim va do'stligim tufaylidir. Ularda hech qanday shikoyat, o'rinsiz ta'na-dashnomlar va kinoyalardan asar ham yo'q.
Ammo seni maqtab, vasf etishda kamchilikka yo'J. qo'yibman: buni tan olaman. Endi o'zing marhamat ko'rsatmasang, holim xarob bo'ladi. Men aytgan bu so'zlarni nodonlikka yo'ysang, ularning barchasini jaholat va bilmaslikdan deb hisoblasang. Chunki uyat men telbani halok qilmoqda, agar sen ham o'ldirmoqchi bo'lsang, bu endi menga og'ir zahmat bo'lib tushadi!
Telba o'z nuqsonini bo'yniga olib, uzrxohlik qilgach, parivash ham lutf ko'rgazib, uning qonidan kechdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |