LXXII
Xo’roz uzri
Xo’roz o'z uzrini shu tarzda oshkor etdi:
- Ey qushlar ichra rais va toj egasi! lkkalamizga ham haq toj nasib etgan bo'lsa-da, lekin har birimizga boshqa-boshqa ishni belgilagan. Senga u rahbarlikni ato qilib, qushlarga raisu peshvo qildi. Menga esa elni tong va oqshomda muttasil toat qilishga chorlash uchun dilkash kuy berdi. Butun yovvoyi hayvonlar va qushlarni yaratuvchi meni bir yerda muqim turadigan, seni esa sayr qilib yuradigan qildi. Chunki xo'rozning erlikda omadi yurishib, bu sohada ilg'or bo'lganidan haq unga bir necha go'zal kelin ato etdi
hamda uning uchun har tomonga kezib yurishni taqiqlab qo'ydi. Shunday bo'lgach, u kimu Simurg'ni izlab Qof tog'iga borish nima?!
Do'stlaringiz bilan baham: |