LXIX
O'rdak uzri
O'rdak o'z so'zlarini shunday boshladi:
Ey saodatli zot! Mening hayotim suv bilan tirik. Undan ayriliqqa tushsam, xuddi suvdan yiroq tushgan baliq kabi qayg'uga botaman. Zotim suv ichida taskin topib keldi, shuning uchun ham o'zimni pok tutib yurishni odat qilib olganman. Suv tufayli poklikni qozondim, shuning uchun ham vasfiga husn egasi loyiq bo'ldi. Agar bir lahza tiniq suv ichida bo'lmasam, uning furqatida yuz mojaro qilgim keladi. Suv ichida mavjdan joynamoz solaman va o'sha ko'zguda maqsadim yuz ko'rgizadi. Mening asl maqsadimga yetmoqlik suvdadir, bas, shunday ekan, boshqa yoqqa uchib ketmoqlik men uchun xatodir.
Do'stlaringiz bilan baham: |