Microsoft Word lisonut-tayr ziyouz com doc



Download 168,76 Kb.
bet72/172
Sana05.08.2021
Hajmi168,76 Kb.
#139294
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   172
Bog'liq
Alisher Navoiy. Lison ut-tayr

LXXV


Hudhudning qushlarga javobi va Simurg' zuhuridan xitobi

Hudhud qavmga shunday javob berdi:



  • U bir olijanob shahanshohdir. Uning butyn olam go'zalligini o'zida saqlovchi zoti avval maxfiy bir xazina edi. Ammo uning bu go'zalligini namoyon qiluvchi ko'zgu yo'q edi. U o'z ko'rinmog'ini orzu qilib, asta-sekin jilvalana boshladi. Bu jilvalanish jarayonida quyosh kabi yuz tuman ming soya oshkor etdi. Soyalar qanchalik pokiza jilvagar bo'lsa, ularga shunchalik ko'p e'tibor berdi. Olamdagi barcha qushlarning shakli, bilgilki, uning hikmatga to'la soyasidan iboratdir.

Sen bu hikmatdan voqif bo'lding. Sen bilan Simurg' o'rtasidagi nisbat ana shudir. Sen buning ma'nosini yaxshi tushunsang, ey nozikfahm jondosh, uni o'zgalarga oshkor etib, fosh qilma. Bu sir kimga kashf o'lsa, u xayolga cho'madi va o'zining haq ekanligiga ishonchi komil bolib, hayratdan "Alloh saqlasin!" deydi. Chunki haqqa cho'mib, u bilan bir butunlikni tashkil qilganini haqdan bo'lak yana nima deyish mumkin? Ya'ni uni haqqa qorishib ketgan deb aytish kerak!

Sen o'zingning kimga soya ekanligingni va o'zingning tub negizingga yaqin ekanligingni fahmlab olding. Agar Simurg' o'z soyasini istab, jilva etmaganda, soya egasi bo'lmas edi. Bordi-yu Simurg' o'zini yashirin tutishni xohlasa, uning soyasi hech qachon ayon bo'lmasdi. Zeroki, soyaning oshkor bo'lmog'i soya beruvchining vujudi haqida dalil bo'la oladi. Sening ko'zlaring Simurg'ni ko'ra oluvchi bo'lmaganida edi, ko'ngling ko'zgudek munavvar bo’lmas edi. Bunday ko'zga ega bo'lmasdan turib, uning yuzini ko'rish mumkin emas, bundan boshqacha bo'lmaydi. U o'z husniga oshiq bo'lishlarini istab quyosh kabi bir ko'zgu paydo qildi. Toki bu ko'zguda o'zi jilva va noz aylab namoyon bo’lsayu husniga oshiq bo'lganlarni bilsa. Ey dil ahli, bu ko'zgu ko'ngul bo'lib, haq unda muttasil jilva qiladi. U o'z husnining jilvasini namoyon etdi, sen esa unga o'z ko'ngluhg bilan oyinadursan, ya'ni ko'ngling orqali uni bila olasan.




Download 168,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish