Microsoft Word lisonut-tayr ziyouz com doc



Download 168,76 Kb.
bet144/172
Sana05.08.2021
Hajmi168,76 Kb.
#139294
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   172
Bog'liq
Alisher Navoiy. Lison ut-tayr

CLXIV


Parvonalar to'dasi haqiqiy sham sharhida
Bir kecha parvonalar jam bo'lib, shamga yetishmoqqa harakat qilishdi. Qanotlarini o'tda yoqishga hozirlab, "Biz izlovchilarmiz, sham nuridan nishon izlaymiz. Agar undan nimaiki topsak, uni izhor qilaylik. Sharh etib, asl zotining nimadan iborat ekanligini aniqlaylik",- dedilar.

Bu so'z aytilgach, parvonalardan biri qanotlarini qoqib, sham haqiqatini bilish uchun bordi. U yuqoridan qorong'u kechada to'da bo'lib turgan parvonalar guruhini ko'rdi, o'rtada sham yoqig'liq turar edi. Parvona sham nuridan ko'zini munavvar qilib yona turib, sham haqidagi so'zlarini olamga yoydi. U sham haqida so'z yuritar, lekin boshqalar bundan xabardor bo'lmas, uning so'zlari boshqa parvonalar qalbiga yetib bormas edi. Parvona har qancha ravshan yonib so'zlamasin, eshituvchilar bundan hech naf topmadilar. U aytgan so'zlar foyda keltirmagach, yana boshqa bir parvona shamga qarab parvoz qildi. U sham bazmiga kirib borib, nuriga diqqat bilan nazar soldi. U ham boyagj parvonadek yonib qanchalik so'z aytmasin, parvonalar to'dasiga maqsad ayon bo'lmadi.

Yana boshqa parvona ham bu ishga urinib, sham boshi atrofida ko'p aylandi. Undan ham murod hosil bo'lmadi, mushkil ochilmadi.

Bundan o'zgalarga ham iztirob tushib, ular maqsadsari shitob bilan intildilar. Sham tevaragida ko'p qanot qoqib, har biriqanot-quyruqlarini kuydirdilar. Har biri kuygancha, o'zi istagan maqsadga erishdi, ammo buni sharhlash qiyin ish bo'lib, naql qilish esa harom hisoblanardi. Chunki kishi shu'lani til bilan sharh eta olmaydi, kuymasdan turib, uning mohiyatini bila olmaydi.

Parvona bu ish haqiqatidan xabar topgach, a'zoyi badani kul bo'lib, undan asar ham qolmadi. U qo'rqmasdan o'zini shu'laga urgach, a'zosiga o't tushib, pok bo'ldi va o'zi ham shu'laga aylandi. Chunki istagan maqsadi unga ayon bo'lib, bundan ortig'ini bayon qilishga hojat qolmadi. Chunki u maqsad ichra nobud bo'ldi va bu fanoda ayni muddaoning o'ziga erishdi. U haqiqatdan xabar topdi, shuning o'zi unga yetarli bo'lib, boshqa so'z aytishga o'rin yo'q edi.

Agar kishilar parvonalarning bu holiga diqqat qilsa, ularning ko'nglida ikkita fikr kashf bo'ladi. Birinchisi shuki, kuymasdan turib, uning mushkili ochilmaydi; sham bilan birlikka erishmasdan turib, murodiga yeta olmaydi. Toki fano o'tiga o'z vujudini solib, bu shu'lada boru yo'g'ini o'rtamas ekan, maqsad nuri uning qo'liga kirmaydi, tilagan visoli unga yuz ko'rsatmaydi. Ikkinchidan, bu xil chaqmoq uni otash dengiziga g'arq qilgach, unda so'z aytish imkoni qolmaydi, bu ish sirini so'z bilan bayon etish uning uchun amrimahol hisoblanadi. Bunda kuymasdan turib, elga ish ochilmaydi, kimki kuysa, o'zgalar uning holini bilmaydi.

Ey Foniy! Fano haqida lof urishni bas qil! Vaslga erishmoqchi bo'lsang, yaxshisi, fano o'tida kuy! Sham o'tiga aylangan parvona kabi o'zingni shu'laga devonavor ur! Vujudingdan asar, borlig'ing o'rish-arqog'idan nishon qolmagach, maqsad ichra

tilaganingga yetasan! Bu mojaroni el bilmasa bilmay qo'ya qolsin!




Download 168,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish