CLXII
Hikoyat
Shayx Abul Abbos Qassob Omiliy (Shayx Ahmad bin Muhammad bin Abdulkarim, 921-v.e.) qassoblikka mansub bo'lib, o'z zamonasining zabardast peshvolaridan biri edi. U fano vodiysiga qadam qo'yib, o'z vujudini unda yo'qotdi.
Bii kun u xonaqohda o'tirar, tevaragida esa suhbatdoshlari yig'ilgan edilar. Bu mahalda bir g'alati devona beadablik bilan xonaqoh sahniga kirib keldi. Kirgan
zahotiyoq, minbarga chiqib:
Ey, honaqohda turuvchilar! Menga quloq berib, so'zlarimni yaxshilab tinglangiz! Men uchun hozir suv to'la obdastani hozirlang! Men o'zimni poklab olganimdan so'ng tahorat qilmoqchiman,— dedi.
Oliy qadrli shayx bu so'zni eshitgach, unga obdasta eltib beringlar, dedi. Xcnaqohtlagi bir darvish katta bir chiroyli obdastani suv bilan to'latib olib keldi. U zoti past bu obdastani sindirib, yana bitta idish olib kelishni buyurdi. Darvish yana bir obdasta olib keldi. U shu zahotiyoq bu idtshni ham urib sindirdi. Darvish sbayxga bu holni ma'lum qilgach, shayx boring, u nechta idishni sindirsa ham olib borib beravering, dedi.
Unga nechta obdasta olib kelgan bo'lsalar, u hammalarini birma-bir tosh bilan urib sindirdi. Nihoyat, undan uzr so'rab, bu yerdagi idishlaniiiig barchasini urib sindirding, xonaqohda yana senga keltirib beigudek bironta ham idish qolmadi, deb aytdilar.
Shunda n dedi:
Agar idish bo’lmasa, orqangigizga qayting va borib bu so'zlarni shayxingizga aytingki, endi u o'z soqolini bu yerga olib kelsin, toki men buyurilgan farzdan qutulayin!
Shayx bu nayosiz so'zlarni eshitgach, o'rnidan sakrab turib, u tomonga qarab yurdi. U shunday der edi: "Eh: qanday xush soatu baxtiyor holat! Qarang'ki, bir qassob o'g'liga soqol bitsayu yillar davomida u soqoliga oro berib, yuvib tarasa va vaqti kelib uning bu soqoli shunday bir ishga yarab qolsa! Unga bir darvish iltifot ko'rsatib, o'zini qayg'udan qutqarsa!".
Shayxning bejirim oppoq soqoli bor edi. Uni hovuchiga tutamlagancha boyagi kishimng oldiga yo'naldi.
Bu odani g'ofil va hayosiz, balki idroki yo'q telba bir kishi edi. U shayxdan bu xilI fano xislatiui ko'rgach, endi ortiqcha aljirash uchun o'zida quvvat topmadi. Shayx oyog'i ostida o'zini tuprog' etib, yerga bosh qo'ygancha hushidan ketdi.
Foniylikka erishgan solik unga nazar solib, undagi o'zlikdan asar ham qoldirmadi. (gumrohni shu tarzda kamolga yetkazib, misni oltinga aylantirdi. Har bir kishi rang, naqsh va bo'yoqdan — o'zligidan chiqmay turib, bunday ishni qilishi mumkin emas.
Ey Foniy, sen ham haqdan ana shunday yo'qlik tila! Bu xil yo'q bo'lish bilan abadiy borliqni qo'lga kiritasan!
Do'stlaringiz bilan baham: |