CLXVIII
Hikoyat
Majnunni dashtda bir kishi uchratib qoldi. U o'zi bilan o'zi so'zlashmoqda edi. U kishi Majnundan so'radi:
Sen kim bilan so'zlashmoqdasan?
Ey baxtli odam, men Layli bilan so'zlashmoqdaman,— deb javob berdi Majnun.
Axir u sendan juda uzoqda-ku!
Ey g'ofil, u mening jonimdan o'rin olgan! Uni yodga olish jonimga oziq bag'ishlasa, yo'l yiroqligi uchun uni unuta olamanmi?
Kimki ishqda kamolot kasb etsa, uning vujudida ma'shuq yodi mujassamlashgan bo'Iadi. Agar siz ham ishq borasida lof urmoqchi bo'lsaiigiz, undan sizga dard kelsa ham shodlik o'rnida qabul eting!
Do'stlaringiz bilan baham: |