CL
Hikoyat
Bir qudratli podsho o'tgan edi. Uning xazina va boyliklari askarlari kabi son-sanoqsiz
edi. Bu shohning bir zebo o'g'li bor bo'lib, uning go'zalligi oldida hatto Yusuf ham qui
bo'larli darajada edi. Sharq quyoshi uning husnidan sharmanda bo'lgani uchun oyog'i
ostiga bosh qo'yardi. Sarv uning navnihol qaddiga soya kabi, oy esa uning yuzi
quyoshiga bezak bo'lgudek edi. U ham quyoshdek husn bilan olamni zabt qiluvchi, ham
oy kabi chehra bilan osmon baxtida jilvalanuvchi shoh edi. Ko'zi har boqishda olamni
buzar, ishq ahliga o'zga olam ko'rguzar edi. Agar la'li so'z boshlasa, jon olar, tabassum
qilsa, jon kirgizardi.
Butun olam unga oshiqu shaydo bo'lgan, agar u qatl etmoqchi bo'lsa ham kishilar
bundan g'am chekishmas edi. Kofir va mast ko'zi din va imon ahliga doim qirg'in keltirar
edi. Chaqmoqdek uchqur otini har tomonga choptirar, bu chaqin bilan jahonni
kuydirardi. Olam ahli unga maftunu shaydo bo'lgan, lekin u kishilarga haddan ortiq nozu
Lisonut-tayr. Alisher Navoiy
Do'stlaringiz bilan baham: |