CXLVI
Hikoyat
Shohlarning shohi bo'lgan bir buyuk podsho bor edi. U go'yo olam ahli boshida Alloh
soyasi kabi edi. U quyoshdek porloq toj egasi bo'lib, undagi gavharlar yulduzlardek
porlar, mulki ham kunchiqishdan kunbotishga qadar cho'zilgan edi.
Uning bir o'gii bor edi. Bu ko'hna olam uning kabi azamat o'g'lonni hanuzgacha
ko'rmagan edi. U husn osmonining yorug' yulduzi, deyilsa ham, latofat qutichasining
porloq gavhari deyilsa ham kam. U go'zallik tunini bezaguvchi sham va malohat
gulshanidagi sarvinoz edi.
Shoh uning husnidan olamga o't tushmasin deb, uni bir qasr ichida yashirin saqlardi.
Undan olamga ofat tushishini bilib, u otlanib chiqadigan yo'lni to'sib qo'ygan edi. U bir
gulshanda maqom tutgan bo'lib, bog' aro xuddi tovusdek xiromon yurardi. Shoh uning
tashqariga chiqishini man etganidan shu chamanda o'z vaqtini ayshda o'tkazish bilan
qanoatlanardi.
Nogahon shoh taxtini shahzodaga qoldirib, ajal jomini sipqardi. Davlat xutbasi
shahzoda nomiga o'qildi, uning yuk-sak oti bilan tanga pullar zarb qilindi.
Kunlardan bir kun ko'ngil ochish uchun mulkini tomosha qilmoqqa otlandi. Ot bilan
javlon urib, maydonga ofet solgani kirdi. Ot chopib maydonda chavgon o'ynadi, xalq
boshini go'y etib, jon o'ynadi. Tulporini qaysi tarafga surgan bo'lsa, o'sha shahar va
mulk ahlida g'avg'o-to'polonlar boshlandi. Uni ko'rgan el devonayu zor bo'ldi, ishq
domiga giriftor bo’ldi.
Shoh ularga shunday ulug' ofatlarni solib, xuddi shamol kabi tezlikda o'z gulshaniga
qaytib ketdi. Shahar xalqi uning orqasidan g'avg'o chekib, "Yo Rab!" deb, ishqidan ohu
faryodlarini ko'kka yetkazishardi. Ular shaharda qolmay, uning orqasidan ergashdilar,
hammalari uning qasr va bog'iga yetib kelishdi.
Zolim shoh o'z mulkini xarob qilib, qasridan pastga tushgancha, xaloyiqqa shunday
buyruq qildi: "Bu g'avg'o ko'targanlarni har tomonga tarqatib yuboringlar.
Ketmaganlarni esa jazolang!"
Shoh mulozimlari kishilarni tarqatishga qanchalik harakat qilmasinlar, odamlar bari
bir ketishmadi. Ularning odamlarni tarqatish uchun qilgan barcha harakat va intilishlari
foyda bermadi. Shahar xalqi boshdan-oyoq telba bo'lib, balki telbadan ham ortiqroq
ahvolga tushib, kechayu kunduz oshufta va devonavor holda shoh bog'i atrofida qaror
tutdilar. Qari va yosh, rind va zohid, oliy va past tabaqadagi barcha olomon ishq va
telbalik ko'chasiga kirdi.
Shoh elning bu qiyin ahvolga tushganini ko'rgach, o'z holiga hayrati orta boshladi. Bu
g'avg'oning poyoni yo'q ekanligini ko'rib, unga chora topish mumkin emasligini ham
bildi. Xaloyiq tomon bir elchi yuborib, unga ushbu xabarni yetkazishni buyurdi: "Mening
Lisonut-tayr. Alisher Navoiy
Do'stlaringiz bilan baham: |