www.ziyouz.com
кутубхонаси
52
Shunday bir kishining mushkuli oson bo'lgach, sen uning oldida kim bo'libsan, ey,
murodiga yetmagan zaif. Tavba qil va undan o'z najotingga erish, yo'lga azm aylab,
maqsadingga yet!
XCIII
Yana bir qushning Hudhudga savoli
Yana bir savol beruvchi so'radi:
- Ey toj ko'rki! Mening tabiatimda o'zgaruvchanlik mijozi mayjud. Ta'b u yoki bu
sifatda raso emas. Ba'zan fisqu fasod ishlar bilan shug'ullanaman: ba'zan taqvodorlik
qilaman. Gohida egri bo'lsam, gohida to'g'riman. Goho mayxona ahli bilan ulfat bo'lsam,
goho Allohga munojot qiluvchilar davrasiga qo'shilaman. Goh Ka'bani tavof qiluvchi
Alloh-parastman, goh dayrda but oldida sig'inaman. Holatimda barqarorlik yo'q, shunga
ko'ra haddan ziyod iztirob chekaman. Bu o'zgaruvchan shum mijozim va bu xil
nafratlanarli odatim bilan to'g'ri yo'l topa olmasam kerak, deb o'ylayman. Chunki bu
yo'lda yakrang, ya'ni barqaror e'tiqodli bo'lmasam o'zimni topolmasman, deyman.
XCIV
Hudhudning javobi
Hudhud unga shunday dedi:
— Darhaqiqat, bu xil bema'ni xislat barchaning zotida mavjud.
Ularning barchasiga nafs va ruh sababchidir. Agar bularning biridan bandlar
bog'lansa, ikkinchisidan ochiladi. Agar kimki nafsoniyatni inkor qilsa, uning zotida
ruhoniyat g'oliblik qiladi. Har bir kishi bunday sharafga ega bo'lsa, u kishi pok sanalib,
o'z vaqtini xush o'tkazgan bo'ladi.
Bordi-yu kishining mijozi o'zgaruvchanlikka moyillashsa-yu, sen kabi sharmandalikka
duchor bo'lsa, bunday kishi riyozat chekish tufayli ushbu kasallikdan iloj topadi va tabiati
barqaror bo'ladi. Agar nafs kishini shunday xatarga yo'liqtirsa, uning chorasi murshid
tadbiri orqali topiladi. Chunki murshid har qanday illatlarga tabib bo'lib, xaloyiq uni "pir"
ham deb ataydi, ey ziyrak kishi. Agar so'fiylik yo'lidagi tolibga nafs to'dasidan turli
tubanliklar yuzlansa-yu, natijada fe'lida yomonlik paydo bo'lsa (talab ahllari gohida
bunga mubtalo bo'ladilar), pir ularning har biriga turli davolar qilib, illatini daf etadi va
tolib shifo topadi. Sen aytgan narsa ham shunday kasalliklardan biridir. Buning tadbiri
esa riyozat chekmoqdan iborat. Sen ham bu ishga o'zingni chog'lab, bu qattiqlikka
belingni bogiasang, umid uldirkim, bir oliy marhamat ko'rsatilib, seni bu xil nomusga
qolishdan xalos etadi. Shunda sen u qiyinchiliklardan xursand bo'lib, haq yo'lida pok
yo'lovchi bo'la olasan.
XCV
Shayx Abu Turob Naxshabiy hikoyati
Pok tabiatli haqiqatni aniqlovchilardan biri haqqa vosil bo'lgan Abu Turob Naxshabiy
bir muridning holiga nazar solib, unda zebu ziynat nishonasini ko'rar edi. Chunki bu
murid kiyadigan xirqa toza matodan bolib, u qizil, yashil va sariq naqshlar bilan
ziynatlangan edi. Uning nafsi go'zallikka, kiyinishda zebolikka ko'prog' mayl ko'rsatardi.
Pir bundan qutulish uchun unga ko'pgina riyozatlar buyurdi, ammo uning so'zlari
befoyda bo'lib qolaverdi. Undagi bu sifatning daf bo'lmaganini ko'rgan pir oxir-oqibatda
shunday buyurdi: “Uni o'zining yomon nafsini tugatgunga qadar har kun mol
Lisonut-tayr. Alisher Navoiy
Do'stlaringiz bilan baham: |