www.ziyouz.com
kutubxonasi
105
deb atalgan narsalar ham ana shunday aks o‘zgarishga yuz tutishi mumkin emasmi?
Yaxshi niyat yo‘lni do‘zaxgacha olib keldi, deyiladi kitoblarda. O'z faoliyatini birorta
Xudoga ham ishonmaydigan xitoy falsafasidan boshlagan Nihon-Sangning o‘zi ham
qarama-qarshi tomonga kelib qolmadimi? Barcha elchilar shu darajada vafodorlik
qilishdiki, aslida bu butunlay teskari natijalarga olib kelmadimikin? Mashhur «buddist
azobi» tushunchasi boshqalarga nisbatan qo‘rqoqlik va e'tiborsizlik kabi nihon topdi,
universal nasroniylikka e'tiqod qilish g‘amgin himoyasizlik bo‘lib qoldi. Manixean
nadomat hamma narsaga ruxsat berishga aylanib qoldi... Elchilar hayoti buni isbotlab
turibdi...
Lekin Tongyuquq Nihon-Sang hikoyasini berilib eshitdi, chunki u tulki ovlovchilarning
so‘nggi maqsad-g‘oyalarini tasdiqlardi. Kunning so‘nggida uning Katta Qaytishi o‘sha
haqida edi...
Lekin o‘zimiz-chi?..
Shu yerda Li o‘z xatiga yakun yasagan va men nega Tongyuquq o‘limi bilan boshlangan
hikoya uning Katta Qaytishi bilan nihoyalanishini tushunishga harakat qildim. Xuddi
Qaytish uning o‘limidan tashqari yuz beradi, deb o‘ylangan kabi...
148
Tavba, nega endi Tongyuquq hayotini tushunish o‘z hayotimda yordm beradi, deb
o‘ylayapman? Nega Turfon-Suchjou yo‘lida tog‘lar bag‘ridagi daryo yoqasida joylashgan
Kumush qishlog‘ida to‘xtaganimizda ham ana shu xayolga bordim? Endi, Lining xatini
o‘qib bo‘lgach, nega u haqida o‘ylayapman va bundan avvalgi fikrni Tongyuquqning
so‘nggi ziyoratiga moslashtiryapman? Yo oxirgi jang to‘g‘risida o‘ylayapmanmi? Kim
haqida? Tongyuquqmi? Balki o‘zim va Li xususidadir?
Kumulda ko‘p qimiz ichvolib, ko‘zim ilingan ekan, g‘alati tush ko‘rdim: cho‘milish havzasi
oldida o‘tirgan emishmiz va plastik yo qog‘oz oqqush suv yuzasida bizni xushnud qilish
uchun suzib kelmoqda ekan. Birdan u tupura boshladi va men uning so‘lagi
zaharlanganini sezdim. Agar qimirlasam, u buni sezadi, - o‘yladim men - lekin bu ochiq
joyda ham o‘tira olmayman. Shu bois sekingina qo‘zg‘algan edim, oqqush ortimdan
ergashdi va qochishdan o‘zga choram qolmadi. Qochar ekanman, ortimdan jodugar
ta'qib etib kelardi. Narirog‘dagi devorda chiqish eshigi bor edi, uni itararkan, naqadar
og‘irligini his etdim. Lekin undan-da og‘iri eshik ortida ham devor borligi haqida o‘ylash
edi. Shu tariqa eshik orqasiga yashirindim - endi u zahar tupurolmadi.
Lekin alvastini g‘isht devor ortidan keladi, deb kutayotganimda, birdaniga pol shishib,
metall panja o‘t ochayotganini ko‘rdim. Shunda metall ustunlar pastga qulab tusha
boshladi, men ularning ustimga tushib ketishidan qo‘rqib, tumtaraqay qochardim.
Hollivud filmidagi kabi dahshat! Qiyomat qo‘pgan misol.
Hamma qutqaruv uchog‘i tomon yugurgan. Kimdir bilet sotyapti. Baribir, ichkariga kirib
oldim. Uchoq qo‘zg‘aladi, uni tashqaridan nimadir tebratib yuboradi. Qo‘mondon
filmlardagi singari e'lon qilganda, kinoga tushayotganday sezasan o‘zingni: «Biz ikkita
Ko‘k Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Do'stlaringiz bilan baham: |