www.ziyouz.com
kutubxonasi
101
ketdik. Unga shunchalik o‘rganib qolgandimki, u Uzoq Sharqqa ketishi lozimligini
aytganda, u bilan borishga qaror qildim. Tasavvur qiling - eng yirik qit'ani u betidan bu
betiga kesib o‘tish... Avval Moskvaga uchdik, keyin poezdga o‘tirib, Novosibirskka, so‘ng
yana uchoqda Vladivostokka uchdik. Bu port delegatsiya a'zolari yig‘iladigan va so‘ng
birgalikda Xitoyning San-Fan-Hi shahriga jo‘naydigan markaz ekan. Irmaning
tushuntirishicha, San-Fan-Hi ruschada xitoychadagiday emas ekan, endi bilishimcha, u
inglizchada ham unday emaskan. Ma'nosi - miriqayotgan a'zo... Irma buni aytishga
uyalgan, undan ham, meni delegatsiya bilan birga olib ketishga iymangan edi, garchi
San-Fan-Hi Irmani nega tashlab ketmaganimning asosiy mazmunini tashkil qilardi. Men
uni o‘zi bilan olib ketishga ko‘ndirdim. U viza masalalarini hal qildi va ertasiga
Vladivostokdagi mehmonxonadan noma'lum San-Fan-Higa tomon qarab ketdik.
Poezdda men «san-fan-hiyimiz» uchun arang vaqt ajratishimiz mumkinligini tushundim,
shuningdek, Irma nega meni o‘zi bilan birga olib ketishdan uyalganini ham angladim.
Turistik guruhimiz «meshochniki» deb atalgan savdo-sotiq uchun chiqqan guruh ekan.
Har besh minutda ular eshigimizni qoqishar va xitoylar bilan suhbatlashish uchun
yordam berishimizni so‘rashardi. Har besh minutda Irma ikkimiz tarjima qilishga chiqar,
allaqanday shinelning qancha turishi yoki sassiq bir etikning narxini so‘rab berardik.
Harbiy kiyim-kechakdan tashqari sovetlar ikki xil boshqa narsani - erkak metall
xanjarlarni, ayol esa erkak a'zosi ichida quritilgan ayiqning safrosini Xitoyga olib
ketishayotgandi. Bu ikki tovar ham noqonuniy edi, shuning uchun vagonimizdagi ikki
ajoyib xitoylik nima qilish kerakligini aytdi. Ayol egilgan xanjarlarni soniga bog‘lab olishi,
erkak esa quritilgan ayiq safrosini erkaklik matohining yoniga osib olishi lozim edi. Ha,
xuddi shunday, bu hazil gap emasdi.
Bunday sayohatlarda nudistlarning plyajidagi kabi sharmu hayoni yig‘ishtirib qo‘yishga
to‘g‘ri kelarkan. Esimda, kupeyimizdagi qo‘shnilar menga ayiqning haliginaqa narsasini
berishgan va sonlariga xanjarlarni yashirayotgan Irmaning qarshisida turib, uni
shimimning ichiga kirgizgandim. Ayollarga qiyin bo‘lgandi o‘shanda, chunki ular yo turib
ketishi, yo faqat yotib ketishi lozim edi, har qalay ikki yo uch xanjarni songa osvolib
ketishning o‘zi bo‘lmaydi-ku!
San-Fan-Higa jinsilarimiz va xanjar hamda qilichlarimiz bilan harbiy shinellarimizni kiyib
yetib kelganimizda, xitoy mulozimlari bizni shaxtyorlar mehmonxonasiga
joylashtirishgandi. Har kuni ertalab butun shahar baraban ovozidan uyg‘onib ketar,
qovog‘i uyilgan shaxtyorlar «Tai-chi»larini mashq qilish uchun mehmonxonamiz oldidagi
markaziy xiyobonga kelishardi. Kunlar sal yorishib qolgan, bizni bir safga tizib, bita-
bittalab bozorga kirita boshlashgandi. Hamma o‘zi olib kelgan narsani chiqarib qo‘ygan.
Semiz bir sovet xotin futbolka va ichki kiyimlar sotib, oriq va o‘ta jiddiy xitoy erkaklarini
avray boshlardi. Ayol ularning oldida kiyimlarini yechar, xitoylik erkaklarning katta
ochilgan ko‘zlari uchun marvarid talab qilardi. Guruhimizdagi boshqa bir erkak esa xuddi
shu xotinni mehmonxonaga qaytishda avrashga tushgan: ular shaxtyorlarga ham o‘z
tovarlarini sotishni istashgandi.
Ikki kommunist saltanatning bozor iqtisodiga o‘tish sharoitidagi mangu do‘stligi...
Birdan o‘sha sayohat esimga tushib ketib, Xitoyning ichkarirog‘iga kirish ishtiyog‘im
ortdi.
Ko‘k Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Do'stlaringiz bilan baham: |