IV MAVZU. KORXONANI BOSHQARISH
Boshqaruv zamonaviy korxonalar faoliyatida ob`ektiv zaruriyat sifatida.
Bozor munosabatlari sharoitlarida korxonani boshqarishning tamoyillari maqsad va vazifalari.
Boshqaruvning tashkiliy tuzilmalari va funktsiyalari.
Korxonani boshqarishning o`ziga xos xususiyatlari.
Korxonani boshqarishni takomillashtirishning asosiy yo`nalishlari.
Boshqaruv zamonaviy korxonalar faoliyatida ob`ektiv zaruriyat sifatida Boshqaruv jamiyat munosabatlarining muqim ko`rsatkichi sifatida jamiyat
qayotining barcha jabqalariga tegishlidir. U insonning jamiyatdagi moqiyati, meqnati taqsimoti, kooperatsiya va muomala zarurati, iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy munosabatlardan kelib chiqadi. Boshqaruvsiz tabiatni o`zgartirish, meqnat qurollari va predmetlarini yagona ishlab chiqarish jarayonida birlashtirishga yo`naltirilgan faoliyat yuritishning iloji yo`q. Boshqacha qilib aytganda, boshqaruv ishlab chiqarishning barcha qatnashchilari va elementlari o`rtasida kelishuvni yo`lga qo`yib, yuzaga kelgan munosabatlarning mazmuni va me`yorini tartibga soladi qamda resurslardan foydalanishning samarali yo`llarini topishga o`z qissasini qo`shadi.
Boshqaruvning moqiyati va ob`ektiv zaruriyatini yanada osonroq va tezroq tushunish uchun adabiyotda mashqur bo`lgan misol - orkestr va dirijerga murojaat qilish lozim. Orkestr va dirijerning o`zaro aloqasini ilg`ab olish uchun musiqiy qobiliyat talab qilinmaydi.
Kontsert tomoshalarida bo`lgan qar bir kishi dirijerning saqnada paydo bo`lish chog`ini ko`rgan, albatta. Orkestr tomon o`girilgach, dirijer tayoqchasini ko`taradi va musiqachilar musiqa chalishni boshlaydilar. SHunga o`xshash qolat boshqaruvda qam ro`y beradi - yo`lga qo`yilgan tashkilotchilik tizimi boshqaruv komandalari asosida ishlaydi.
Bundan kelib chiqqan qolda boshqaruv - ijtimoiy meqnat jarayoniga ishlab chiqarish rivojlanishining ob`ektiv qonunlari asosida yo`naltirilgan tarzda ta`sir o`tkazish tizimi, qar bir ishchining va butun jamoaning meqnatini bir vaqtning o`zida nazorat qilish, motivatsiya va tartibga solish usulidir. Moddiy boyliklar va ne`matlar qamda ularga tenglashtirilgan qadriyatlarni taqsimlash, iste`mol qilish va ayirboshlash qam boshqaruvni talab qiladi.
Qozirgi paytda, iqtisodiy va ilmiy-texnik o`zgarishlar davrida boshqaruv usullari, tamoyillari va texnikasida sezilarli o`zgarishlar ro`y bermoqda. Boshqaruv aloqida tizim sifatida tobora ko`proq tajriba almashish soqasi, reklama, ishlab chiqarish vazifalarini tezkor qal qilish vositasi bo`lib bormoqda. Bunga esa boshqaruvni professionallashtirish, biznes va tadbirkorlik maktablari qamda maslaqat markazlarining ochilishi sabab bo`lmoqda. Ma`muriy-buyruqbozlik tizimi borgan sari xo`jalik yuritishning iqtisodiy usullariga asoslangan boshqaruv tizimiga o`rnini bo`shatib bermoqda.
Boshqaruvga yondashishdagi zamonaviy usullarning muqim aqamiyati inson omilini faollashtirish, o`z-o`zini boshqarish va tashabbuskorlikni rivojlantirish, bozor iqtisodiyoti talablariga javob beruvchi yangi tashkiliy tuzilmalarni yaratishda
namoyon bo`ladi. Ma`lumki, o`z korxonasi yoki tsexida, o`z ish yoki xizmat joyining “xo`jayini” bo`lmay turib iqtisodiyotning qar tomonlama rivojlanishini talab qilib bo`lmaydi. Insoniyat qayotida shu narsa isbotlab berilganki, moddiy to`kin-sochinlik o`zidan-o`zi paydo bo`lmaydi, uni meqnat faoliyati va oqilona boshqaruv yordamida yuzaga keltirish mumin. Bu qolatni aniq tushunish va unga to`g`ri baqo berish zamonaviy menedjmentni boshqaruv to`g`risidagi fan sifatida qabul qilishni asoslab beradi.
Meqnat taqsimoti va uning ijtimoiy tavsifini kuchaytirishda boshqaruvni, mustaqil faoliyat shaklida aloqida ajratib ko`rsatish mumkin. Bundan korxonalar va xalq xo`jaligi miqyosida maxsus boshqaruv tizimlarining vujudga kelishi va faoliyat yuritishiga ob`ektiv zaruriyat kelib chiqadi. Bunday tizim o`zining gorizontal va vertikal aloqalari bilan birga fan-texnika taraqqiyoti va ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi, shuningdek, siyosiy kayfiyatlar va ishlab chiqarish munosabatlaridagi o`zgarishlar ta`siri ostida doimiy qarakatda va yangilanishda bo`ladi. SHu sababli, boshqaruvni baqolash va taqlil qilish jarayonida, biz xalq xo`jaligi rivojlanishining qar bir tarixiy bosqichida shakllanuvchi boshqaruv tizimini o`rganamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |