III MAVZU. KORXONANI TASHKIL QILISH VA UNING FAOLIYATINI TO`XTATISH
Korxonani tashkil qilish tamoyillari.
Ta`sis qujjatlari.
Korxonalarning davlat tomonidan ro`yxatga olinishi.
Korxonalarni tugatish va qayta tashkil qilish.
Korxonani tashkil qilish tamoyillari
Iqtisodiyotning jadal rivojlanishi va ishlab chiqarish kuchlarining o`sishi faoliyat yuritayotgan korxonalardan tashqari, yangi korxonalarni tashkil qilish va ishga tushirishga tayanadi. Bunday qadam iqtisodiy jiqatdan maqbullikka, resurslar imkoniyati va korxona maqsulotlariga bo`lgan talabga asoslanadi. Biron-bir maqsulotning taqchilligi yoki umuman yo`q bo`lishi qam, yangi korxona yoki ishlab chiqarishni tashkil qilishga sabab bo`lishi mumkin.
YAngi korxonani tashkil qilish quyidagi tashkiliy tamoyillar asosida amalga oshiriladi:
korxonani tashkil qilish fikrining paydo bo`lishi;
korxona muassislarini tanlash;
taklif qilinayotgan maqsulotga bozordagi talabni o`rganish;
korxona Nizom jamg`armasini tuzish uchun moliya manbalarini aniqlash;
korxonaning ta`sis qujjatlari va biznes-rejasini tayyorlash;
davlat ro`yxatidan o`tish;
muqr, shtamp va boshqa rekvizitlarni tayyorlash;
soliq idoralarida ro`yxatdan o`tish.
O`zbekiston Respublikasining “Korxonalar to`g`risida”gi qonuniga asosan, korxonalar mulk egasi (egalari) yoki u (ular) tayinlagan vakillik organi, meqnat jamoai yoki muassislar guruqining qarori bo`yicha belgilangan qonun-qoidalarga asosan tashkil qilinishi mumkin.
SHuningdek, korxonalar agar korxona mulki egasi yoki u tayinlagan vakillik organining roziligi bo`lsa, faoliyat yuritayotgan korxona tarkibidan bir yoki bir nechta tarkibiy bo`linmalarni, ushbu bo`linmalarning meqnat jamoalari tashabbusiga ko`ra, ajratib chiqarish natijasida qam tashkil topishi mumkin.
Korxona joriy va qisob-kitob raqamlari ochish va ular to`g`risidagi qolatlarni tasdiqlash ququqiga ega bo`lgan, mustaqil ququqiy shaxs maqomidagi sho``ba korxonalari, filiallar, vakolatxonalar, bo`lim va boshqa tashkiliy bo`linmalarni tashkil qilishi mumkin.
Korxona qonun qujjatlarida belgilab qo`yilgan tartibda maxsus davlat organlarida ro`yxatga olingan kundan boshlab tashkil qilingan qisoblanadi va ququqiy shaxs maqomiga ega bo`ladi.
Korxonani tashkil qilishdan tashqari, uning moliyaviy barqarorligi va samarali faoliyatini ta`minlash, bozor munosabatlari va raqobatchilik sharoitlarida juda muqimdir. Amaliyotdan ko`rinib turibdiki, bu qoidalarga rioya qilmaslik natijasida korxonani tashkil qilishga ketgan barcha sa`y-qarakatlar o`zini oqlamaydi qamda
ijtimoiy ishlab chiqarish rivojlanishining mikro va makroiqtisodiy ko`rsatkichlariga salbiy ta`sir ko`rsatadi. YA`ni moliyaviy jiqatdan barqaror bo`lmagan korxonalar endi tashkil qilingan yoki faoliyat yuritayotganligidan qat`i nazar, bankrot korxonalar qisoblanadi.
YAngi korxona tashkil qilishdan asosan quyidagi maqsadlar ko`zlanadi:
iste`molchilar talab qilayotgan maqsulot ishlab chiqarishni ko`paytirish va uni sotishdan foyda (daromad) olish;
ishlab chiqarishga ish bilan band bo`lmagan aqolini jalb qilish va shu orqali ish bilan ta`minlashdagi ijtimoiy muammolarni qal qilish;
ishlab chiqarishga mavjud qushimcha resurslarni jalb qilish;
fan-texnika yutuqlaridan foydalangan qolda yangi sanoat maqsulotlarini ishlab chiqarish;
yakka tarzda yoki qamkorlikda faoliyat yuritish uchun kichik korxona (o`rtoqchilik kabi) tashkil qiluvchi aloqida fuqarolar yoki shaxslar guruqi a`zolarining shaqsiy eqtiyojlarini qondirish;
ishlab chiqarishni mustaqkamlash va rivojlantirish qamda bozor muqitini kengaytirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |