Texnik-iqtisodiy rejalashtirish korxona faoliyatining barcha (iqtisodiy, texnik, ijtimoiy va qokazo) jiqatlarini qamrab oluvchi rejalashtirish turi bo`lib, asosan bir yilga mo`ljallangan iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish rejasi shaklida amalga oshiriladi. Mazkur rejalashtirish turining soddalashtirilgan ko`rinishi ko`pincha korxona faoliyatining yillik rejasi deb ataladi.
Tezkor-ishlab chiqarish rejalashtirish texnik-iqtisodiy rejalashtirishning davomi bo`lib, korxona faoliyati yillik rejasini yanada qisqaroq muddatga - sutka, o`n kunlik, oyga bo`lib muayyanlashtirish bilan tavsiflanadi. Tezkor-ishlab chiqarish rejalashtirish-kalendar’ rejalashtirish va dispetcherlashdan iborat bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |