Microsoft Word конструкция doc qisqartirilgan doc


-§. Po‘lat buyumlarning sirt qatlamini uglerodga to‘yintirish (sementitlash)



Download 3,39 Mb.
bet37/102
Sana25.06.2022
Hajmi3,39 Mb.
#702768
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   102
Bog'liq
KONSTRUKSION MATERIALLAR TEXNOLOGIYASI (2) iskasndar

2-§. Po‘lat buyumlarning sirt qatlamini uglerodga to‘yintirish (sementitlash)


Kam uglerodli (odatda C≤0,25%) va kam legirlangan po‘latlardan tayyorlangan buyumlarning sirt qatlamini uglerodga to‘yintirish bilan ularning qattiqligini oshirib, ichki qismini esa qovushoqligicha saqlanadi. Po‘lat buyum- larning sirt qatlamini uglerodga to‘yintirish turli muhitlarda olib boriladi:



  1. Qattiq moddalar muhitida sementitlash. Bu ishlovda uglerodga boy muhit sifatida ko‘pincha karbyurizatordan (75–80% pistako‘mir, qolgani karbonat tuzlari BaCO3, Na2CO3, K2CO3 aralashmasidan iborat) foydalaniladi. Sementitlash uchun temir qutiga biroz karbyurizator kiritilib, ustiga buyumlar terilgach, sirtiga yana karbyurizator kiri-

tiladi. (Bunda buyumni sementitlanmaydigan yuza-larga maxsus zamazka qoplanadi.) Temir quti shu yo‘sinda to‘ldiriladi. Keyin qutining qopqog‘i yopilib, tirqishlari o‘tga chidamli gil bilan suvaladi. So‘ngra quti pechga kiritiladida, 900–950°C gacha qizdirilib, shu temperaturada bir necha soat tutib turiladi.
Bunda qutidagi qolgan havo kislorodi pistako‘mir (uglerod) bilan reaksiyaga kirishib kislorodning ozligi uchun CO2 o‘rniga CO hosil bo‘ladi. CO gazi barqaror bo‘lmagani uchun parchalanib atomar uglerodni ajratadi. Aktiv atomar uglerod esa buyum sirtiga diffuziyalanib FeY da eriy boradi.
2C + О2 = 2СО
2CO = C02 + С
Fe(γ) + С = Fe γ(C)
Shu bilan birga karbonat tuzlari ham parchalanib ajralayotgan uglerod (IV)-oksid ko‘mir bilan reaksiyaga kirishib uglerod (II)-oksidni hosil qiladi:
BaCO3 → BaO + CO2 CO2 + С = 2СО.
Ajralgan CO gazi ham parchalanib qutidagi aktiv atomar uglerod miqdorini oshirib, sementitlash jarayonini tezlatadi.
Bu usul oddiyligiga qaramay, ish unumining pastligi, ishlash sharoitining yomonligi kabi kamchiliklari tufayli sanoatda kam qo‘llaniladi.

  1. Suyuq muhitda sementitlash. Bu usulda karbyurizator sifatida ko‘pincha 75–80% natriy karbonat, 10–15% natriy xlorid va 5–10% kremniy karbid tuzlari aralashmasi maxsus vannaga solinib 820–850oC gacha qizdirilib suyultirilgach, unga buyumlar tushiriladi. Vannada boradigan reaksiyalar natijasida atomar uglerod ajralib, buyumning sirtqi qatla- miga o‘tadi:

2Na2CO3+SiC=Na2SiO3+Na2O+2CO+C.
Bu usul yuqoridagi usulga qaraganda unumliroq,
buyumning sirt yuzasi esa tozaroq bo‘ladi.
d) Gaz muhitida sementitlash. Bu usulda 900–950oС temperaturagacha qizdirilgan pech kamerasidagi buyum- lardan uzluksiz ravishda tabiiy, yoritish, generator gazlaridan biri yoki ularning aralashmalari o‘tkazib turiladi. Bu sharoitda pech kamerasidagi uglevodorodlar parchalanib ajralayotgan aktiv atomar uglerod buyumlarning sirtqi qatlamlariga diffuziyalanadi:
2CO → CO2 + С, CN4 → 2N2 + С, C2N6→ 3N2+2C
Agar ajralayotgan atomar uglerodlar buyum sirtqi qatlamiga to‘la yutila olmasa, ya’ni absorbisiya tezligi dissotsiatsiya tezligidan kichik bo‘lsa, ortiqcha uglerod buyum yuzasiga qurum tarzida o‘tib jarayonning normal borishini qiyinlashtiradi.
Bu usul yuqoridagi usullardan ish sharoitining yaxshiligi, oson rostlanishi, jarayonni mexanizatsiyalashtirilishi va avtomatlashtirilishi hamda ish unumining 2–3 marta yuqo- riligi tufayli sanoatda keng tarqalgan.
Sementitlangan buyumlarning sirtqi qatlamlari uglerodga to‘yingani bilan yetarli qattiqlikka ega bo‘lmaydi. Shu sababli sirt qattiqligini yanada oshirish, ichki kuchla- nishlardan xolis qilib, strukturasini yaxshilash uchun buyumlar toblab bo‘shatiladi.



Download 3,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish