Microsoft Word конструкция doc qisqartirilgan doc



Download 3,39 Mb.
bet73/102
Sana25.06.2022
Hajmi3,39 Mb.
#702768
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   102
Bog'liq
KONSTRUKSION MATERIALLAR TEXNOLOGIYASI (2) iskasndar

Gidravlik bolg‘alash presslari. Bunday presslardan birining tuzilish sxemasi 74-rasmda ko‘rsatilgan.

61-rasm. Pnevmatik bolg‘a:
a – umumiy ko‘rinishi; b – ishlash sxemasi;
1 – pedal; 2 – shabot; 3 – yostiqcha; 4 – pastki bayok; 5 – ustki bayok; 6 va 7 – havo taqsimlovchi mexanizm; 8 – ish silindri; 9 – kompressor silindri; 10 – reduktor;
11 – elektr dvigatel; 12 – ish silindri; 13 – kompressor porsheni; 14 – krivoship-shatunli mexanizm; 15 – baba.
9 8 7 8


11



16 15
12 6
5


13 4
3
14 2
1


62-rasm. Bug‘-gidravlik pressning sxemasi:
1 – plita; 2 – kolonna; 3 va 4 – bayok; 5 – traversa; 6 – plunjer;
7 va 8 – silindr; 9 – truboprovod; 10 – klapan; 11 – kichik silindr;
12 – shtok; 13 – bug‘ silindri; 14 – porshen; 15 – rezervuar;
16 – dasta.

U to‘rtta po‘lat kolonna (2) yordamida yuqorigi plita


(arxitrava) bilan bog‘langan, pastki plita (1) dan iborat (arxitrava rasmda ko‘rsatilmagan). Pastki qisuvchi muhra (3) pastki plitaga, yuqorigisi muhra (4) esa harakatlanuvchi traversa (5) ga mahkamlangan, bu traversalarning harakatini kolonnalar (2) yo‘naltiradi. Traversa arxitrovkaga mahkam- langan silindr (7) ga kiradigan plunjer (6) ta’sir yetadi. Traversani dastlabki vaziyatga qaytarish uchun qaytaruvchi silindrlar (8) dan foydalaniladi; bu silindrlarga bug‘ qozondan yoki havo kompressordan keladi. Bunda ish suyuqligini (suvni) silindr (7) dan plunjerli truba (9) va ochiq klapan (10) orqali rezervuar (75) ga haydaydi, natijada bu yerdagi bosim 2–4 at ga yetadi. Pressning ish sikli oldidan silindrlar (8) ning porshenlari ostidagi bug‘ chiqariladi va yuqori bosimli trubo (9) kichik silindr (11) hamda ish silindri (7) suv bilan to‘ldiriladi. Suv esa havo klapani orqali ish silindri (7) kichik silindr (11) ga va yuqori bosimli gidravlik rezervuar (15) dan to‘ldirish klapani (10) orqali yuboriladi. Shundan so‘ng klapan (10) berkitilib, multiplikatorga bug‘ (yoki siqilgan havo) 7–10 at bosim ostida kiritiladi, multiplikator shtok (12) ga o‘tkazilgan porshen (14) li katta bug‘ silindri (13) dan iborat shtok (12) ning yuqorigi uchi kichik gidravlik silindr (11) ning plunjeri vazifasini bajaradi. Multiplikatorning ishi suyuqligida hosil bo‘ladigan bosim 350–600 at ga yetadi. Press richaglar tizimi orqali dasta (16) bilan bosh-qariladi.
Presslarda bolg‘alash operatsiyalarni bajarish uchun ko‘prik kranlar va manipulyatorlardan foydalaniladi. Manipulyator aravagacha o‘rnatilgan, mashinaning xartumiga mahkamlangan mexanikaviy qisqichi bo‘lib, pokovkani qamrab olish uchun xizmat qiladi. Mashinaning xartumi istalgan yo‘nalishda turlicha harakatlanishi mumkin. Manipulyatorlar («temir qo‘llar») 2 dan 20 m gacha yuk ko‘tara oladigan qilib yasaladi.
Zagotovkalarni tanlash, bolg‘alashga tayyorlash, qizdirish, bevosita bolg‘a yoki press ostida ishlash natijasida uni kutilgan shaklli va o‘lchamga o‘tkazish va pokovka sifatini tekshirish ishlari texnologik jarayonga kiradi. Pokovka ishlab chiqaruvchi zavodlarda pokovkalar olishning texnologik kartalari tuzilib, unda pokovka chizmasi bolg‘alash operatsiyalari va bajarish ketma-ketliklari qayd etiladi.
Shuni qayd etish zarurki, zagotovka tanlashda ishlov operatsiyasiga ko‘ra, masalan, cho‘ktirish usuli bilan pokovka tayyorlashda zagotovka egilib ketmasligi uchun doiraviy kesimli zagotovkaning bo‘yi diametridan, ko‘pi bilan 2,5 marta ortiq bo‘lishi kerak. Agar pokovka cho‘zish usuli bilan tayyorlanadigan bo‘lsa, zagotovkaning ko‘ndalang kesimi pokovkaning eng katta ko‘ndalang kesimidan bolg‘alanish darajasiga teng holda katta bo‘lishi kerak. Prokat zagotovkalari uchun bolg‘alanish darajasi 1,1– 1,5 bo‘ladi. Bu holda bolg‘alanish darajasi metallning mexanikaviy xossalarini oshirish va uning makro- strukturasini yaxshilash maqsadidagina emas, balki asosan, bolg‘alash jarayonda zarur ko‘ndalang kesimli pokovka hosil qilish uchun hisobga olinadi. Bolg‘alanish darajasi detalning tolalari yo‘nalishi bilan detal ishlashida unga ta’sir etuvchi kuchlanishlar yo‘nalishlari tomon keladigan holga olib borilsa, ko‘ngildagidek bo‘ladi.
Yirik pokovkalar uchun mo‘ljallangan quymalarni bolg‘alash billetirovka operatsiyasidan boshlanadi. Bu operatsiyada qobiq osti nuqsonlar ochilib, darz, yuluq va boshqa sirtqi nuqsonlarga aylanishining oldini olish maqsadida zagotovkaning qirra va yoqlarini kuchsizroq siqiladi. So‘ngra katta kuch bilan bolg‘alanishi mumkin.






Download 3,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish