Ma’muriy-tashkiliy uslub asosan jamiyat talablarini qondirishga qaratilgan bo’lib, ishlab chiqarish jarayoni va mehnat taqsimotini rejali olib borish uchun qo’llaniladi. Bu uslub ikki turda bo’lishi mumkin: uzoq muddatga moslashtiriladigan va bir martalik bo’lishi mumkin. Shart- sharoitiga ko’ra, kerakli uslub qo’llaniladi va bu takomillashtirib boriladi. Boshqarish uslublarini takomillashtirishdan asosiy maqsad daromadni to’g’ri taqsimlash, har bir ishchi, xizmatchining o’z mehnatiga yarasha daromad ol- ishini ta’minlashdir. Demak, boshqarish uslublarini hayotga shunday tatbiq etish kerakki, har bir inson mehnat qilsagina, turmushi yaxshi bo’lishiga ishonch hosil qilsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |