Tadbirkor rahbar faoliyatining ro’hiy-psixologik xususiyatlari
Bozor iqtisodiyoti sharoiti tadbirkor rahbarlardan tadbirkorlik va ishbilarmonlik, boshqaruv uslublarini takomillashtirishni talab etadi. Boshqarish uslublari, asosan, ongli ravishda muayyan maqsadlarga erishish uchun xizmat qiladi. Ular mohiyati va maqsadiga ko’ra tarbiyaviy, moddiy rag’batlantiruvchi, ma’muriy-tashkiliy turlarga bo’linadi.
Tarbiyaviy uslub, insonning ma’naviy takomillashishi, ruhiyatiga va boshqa ijtimoiy xarakteriga mos ravishda tashkillashtiriladi.
Moddiy rag’batlantiruvchi uslub esa mehnat samaradorligini oshirish, mahsulot sifatini yaxshilash uchun ishchilarni moddiy qiziqtirish maqsadida tashkil etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |