Adolatning birinchi talabi, aholi turli tabaqalarining o’zaro uyg’un bo’lishini ta’minlashdir.
Adolatning ikkinchi talabi, el-ulusning haq-huquqini teng ta’minlagan holda kishilarni xizmatga tayinlashda shaxsning salohiyati va imkoniyatlari- dan kelib chiqish.
Adolatning uchinchi talabi, barchaning teng farovonligini himoya qi- lish bilan birga bu farovonlikni yuzaga keltirishdagi xizmati va huquqiga qarab, har bir inson o’z ulushini olishga imkon yaratishdan iborat.
Bu kabi davr va hayot tajribasida tasdiqlangan fikrlar sakkiz asr cha- masi o’tib, Prezident Islom Karimovning rahbarlik faoliyatida o’ziga xos tarzda ifoda topmoqda. Bunga ishonch hosil qilish uchun yurtboshimizning ma’ruzalaridan biridagi ushbu fikrga diqqat qilaylik: “Davlat jamiyatning keskin tabaqalanishiga – oshib-toshib ketgan boylaru, kambag’al qashshoqlarga bo’linib ketishga yo’l qo’ymasligi kerak”.
Do'stlaringiz bilan baham: |