Bog'liq kichik biznes va xususiy tadbirkorlik (2)-конвертирован
Shu bilan birga, O’zbekiston Respublikasining «Oilaviy tadbirkorlik to’g’risida»gi O’RK-327-sonli Qonunida: - oilaviy korxona ishtirokchi- lari oila yashab turgan turar joyda turar joylarini noturar joylarga o’tkazmasdan faoliyat yuritishi va o’zi ishlab chiqargan mahsulotni shu joyn- ing o’zidan sotishiga ruxsat etildi;
oilaviy korxona ishtirokchilari tomonidan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar to’langandan keyin ularning tasarrufida qolgan foyda soliq solishdan ozod etilishi belgilandi;
oilaviy korxona, o’zi ishlab chiqargan xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san’ati buyumlarini realizasiya qilishdan olingan tushum bo’yicha ya- gona soliq to’lovini to’lashdan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ozod qilinishi belgilandi.