O‘ZBEKISTON MUSULMONLARI IDORASI
“KO‘KALDOSH” O‘RTA MAXSUS ISLOM
TA’LIM MUASSASI
Qo‘lyozma huquqida
“HIMOYAGA RUXSAT ETILDI”
O‘quv ishlar bo‘yicha mudir o‘rinbosari
___________ N. Djalolov
“____”__________ 2022 yil
Hoshimov Asilxon Husanxon o’g’li
Mavzu: “Mustalahul hadis ilmining hanafiy mazhabidagi o’ziga xos talqini”
BITIRUV D IPLOM ISHI
Mutaxassislik: Islomshunoslik, imom-xatiblik, arab tili o‘qituvchisi
Ilmiy rahbar: Madaminov Shokir
Taqrizchi: ________________
Toshkent – 2022
MUNDARIJA
KIRISH.....................................................................................................................3
I BOB. Hadis ilmining paydo bo’lishi va tahlili…………....................................10
I.1 Hadis ilmining ta’rifi va tutgan o’rni…………………………..........................10
I.2 Mustalahul hadis ilmining mazmun mohiyati....................................................20
II BOB. Mustalahul hadis limning mazhablarda tutgan o’rni………...............30
II.1 Mustalahul hadis ilmining mazhab ulamolari tomonidan o’rganilishi..............30
II.2 Mustalahul hadis ilmining hanafiy ulamolar tomonidan o’rganilishi................40
XULOSA ................................................................................................................50
FOYDALANILGAN MANBA VA ADABIYOTLAR RO‘YXATI ................51
ILOVALAR............................................................................................................53
Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Sunnati mutohharani avloddan avlodga naql qilib kelgan salafi solih ulamolar sunnatni naql qilish va rivoyat qilish, sog‘lom saqlash borasida turli qoida va qonunlarni aniqlik bilan ishlab chiqdilar. Ana o‘sha qonun-qoidalarni ishlatib, ahli botillarning buzg‘unchiligidan sunnatni saqlab qoldilar. Salafi solihdan keyin kelgan ulamolar sunnatga rioya qilish, uni eslab qolish borasida joriy etilgan qoidalarni avval o‘tgan ulamolardan yaxshilab qabul qilib oldilar va ularni tartibga soldilar, sayqalladilar, jamladilar va bu borada mustaqil kitoblar tasniyf qildilar. Mana shu qilgan ishlarini keyinroq “Mustalahul hadis ilmi” deb atadilar.
Diqqat bilan kuzatuvchi shaxs rivoyat ilmining asosiy arkonlari, xabarlarni naql qilish ilmining asoslari Qur’oni Karimda va sunnati Nabaviyyada bor ekanini mulohaza qiladi.
Alloh taolo Qur’oni Karimning ”Hujurot” surasida bunday deb buyuradi:1
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا إِن جَاءكُمْ فَاسِقٌ بِنَبَأٍ فَتَبَيَّنُوا : تعالى قال
«Ey, iymon keltirganlar, agar bir fosiq xabar keltirsa, tekshirib ko‘ring» (6-oyat).2
Alloh taolo bu oyati karimada mo‘min musulmon bandalariga nido qilib, bir odam sizga xabar keltirsa, uni shundayicha olmasdan, tekshirib ko‘ring, demoqda. Xabar qanday xabar, aytayotgan odam kim, unga ishonsa bo‘ladimi yoki yo‘qmi, asosi bormi yoki asossizmi? Ana o‘shanda Allohning amriga yurilgan bo‘ladi, xabarlar sodiq yoki sodiq emasligi aniqlanadi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam imom Termiziy rivoyat qilgan hadisda bunday deb marhamat qiladilar:
صلى الله عليه وسلم : قال وعن عبد الله بن مسعود
Do'stlaringiz bilan baham: |