50
Shartsiz reflekslar tug’ma bo’lib, hayotning dastlabki kunlaridan va keyinchalik hech qanday
tajribasiz (malakasiz) namoyon bo’la boshlaydi. Masalan, igna sanchilganda qo’lni tortib olinishi,
ovqatning og’iz bo’shlig’ida tushgandagi so’lakning ajralishi.
Shartsiz reflekslarning markazlari turlichadir - shartsiz reflekslar yoylarning tutashuvchi orqa
miyadan va bosh miyaning o’sishidan ro’y beradi. Shartli reflekslarning hosil bo’lish sohasi bosh miya
po’stloqidir. Shartli ta'sirlagich organizmning hayoti uchun muhim bo’lgan qandaydir hodisalarning
mavjudligi haqida, masalan ovqatning mavjudligi, xavf- xatarning paydo bo’lishi haqida xabar beradi.
Shuning uchun I.P.Pavlov bosh miya qobig’i faoliyatini signal faoliyati deb nomladi.
I.P.Pavlov shartli reflekslar metodidan foydalanib, shuni aniqladiki, bosh miya katta yarim sharlari
faoliyati organizmning ichki muhitidan va tashqi muhitdan nerv tizimiga kelayotgan ko’pgina
ta'sirlovchilarning analiz va sintez jarayonlaridan iborat ekan. Analiz va sintez I.P.Pavlov tomonidan
analizatorlar deb nomlangan o’ziga xos nerv tizimlari yordamida amalga oshiriladi.
Analizatorlar - bu nerv fiziologik apparat bo’lib, periferiyadagi nerv uchidan (reseptor)
sezuvchi nervdan( o’tkazish yo’li) va miya qobiqining tegishli qo’zg’atuvchini qabul qiluvchi
sohasidan iboratdir.
I.P.Pavlovning birinchi va ikkinchi signal tizimlari to’g’risidagi ta'limoti ilmiy psixologiya
uchun katta ahamiyatga egadir.
Hayvonlar uchun borliq katta yarim sharlaridagi ta'sirlagichlar va ularning izlari bilan
signallashib ular organizmning ko’rish, eshitish reseptorlariga bevosita kelib turadi. Bu birinchi
signallar tizimi bo’lib, odam va hayvonlarda umumiydir. So’zlar ikkinchi, maxsus insoniy signal
tizimini tashkil etadi. So’zlar narsa va hodisalardan kelayotgan signallarning o’rnini egallagani uchun
I.P.Pavlov tomonidan "signallar signali" deb nomlangan. Ikkinchi signal tizimining faoliyati
birinchi signal tizimidan ajralmagan holda bevosita bog’liq tarzda boradi. Ikkinchi signallar
tizimi tafakkur va nutqning fiziologik asosi hisoblanadi.
Refleksning klassik tushunchasi yordamida psixik faoliyat asoslarini tushuntirishdagi muhim
kamchilik shundan iboratki, refleks tizimi inson psixikasining idora etuvchi va o’zgartiruvchi rolini
tushuntirib bermaydi. I.P.Pavlovning shogirdlari va izdoshlari bu kamchilikni reflektor organik tizimi
tushunchasini reflektor halqasi tizimi tushunchasiga o’zgartirish yo’li bilan yechishga intildilar.
Nerv tizimining reflektorlik faoliyati borasida qator ishlar amalga oshirilgan bo’lib, ular
tomonidan turli sxemalar ishlab chiqilgan. Jumladan, Bernshteyn bo’yicha reflektor aylanasi quyidagi
ko’rinishga ega.
4
Do'stlaringiz bilan baham: