Ongsizlik - bu shunday psixik jarayonlar va hodisalar yig’indisiki, unda inson o’z xatti-harakatlariga
javob bermaydi, anglamaydi. Bunga tush ko’rish, ba'zi patologik hodisalar, alaxlash, gallyusinasiya
kabilar kiradi. Xulosa qilib aytganda, psixologiya hayot faoliyatining o’ziga xos shakli bo’lib, psixik
rivojlanishning qonuniyat va mexanizmlarini o’rganuvchi fandir. Psixologiya fanining asosiy vazifasi
psixik hodisalarni o’rganish va ilmiy asoslashdir. Psixik hodisalar ma'lum qonuniyatlarga bo’ysunadi.
Psixologiya shunday qonuniyatlarni mohiyatini ochishga, ularni tarkib topishi va rivojlanishini
o’rganishga qaratilgandir. Ushbu qonuniyatlarni bilish, ularni boshqarish, tashkil etish, ta'lim-tarbiya
jarayonini to’g’ri olib borishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |