Personality in Social Psychology Gilbert, D. & Fiske, S. (Eds.), The Handbook of Social Psychology (5
th
Ed.). David C.
Funder Lisa A. Fast. Department of Psychology. University if California, Riverside. Riverside, CA. 92521.USA 2-5st
27
namunaviy mohiyati va olomon psixologiyasi kabi psixologik hollar bugungi ijtimoiy psixologiyaning
dolzarb muammolaridir.
Huquq tizimini amalga oshirish bilan bog’liq bo’lgan psixologik muammolarni o’rganuvchi soha
huquq psixologiyasidir. Huquq psixologiyasi ham o’z navbatida bir qancha qismlardan iborat;
jinoyatni ochish jarayonida qatnashuvchi shaxslarning xulq-atvorida sodir bo’luvchi psixologik
holatlarni (guvoh psixologiyasi, ayblanuvchi psixologiyasi, so’roq jarayoni psixologiyasi) o’rganuvchi
sud psixologiyasi, jinoyatchi shaxsining tarkib topishi, jinoyatchining xulq-atvori, jinoyatning kelib
chiqish sabablari va uning oldini olish yo’llarni o’rganuvchi kriminal psixologiya axloq to’zatish,
qamalganlar psixologik holatlari bilan shug’ullanuvchi axloq to’zatish mehnati psixologiyasi kabilar
shular jumlasidandir.
Jangovar harakatlar sharoitida odamning murakkab kechinmalarini, xulq-atvorini, zobitlar va
ularga itoat qiluvchilar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning psixologik asoslarini, jangchilarning
harbiy texnikani boshqarishdagi malaka va ko’nikmalarini hamda harbiy ta’lim va tarbiyaning
samarali usullaridan unumli foydalanish yo’llarini harbiy psixologiya o’rganadi.
Sport psixologiyasining mavzu bahsi sportchilar shaxsi va faoliyatining psixologik
xususiyatlarini ularni psixologik jihatdan tayyorlashning shart-sharoitlari va vositalarini,
sportchilarning qanchalik mashq qilganliklari va o’zlarini safarbar qilishga qanchalik tayyor
ekanliklarini ko’rsatuvchi psixologik o’lchovlarni, sport musobaqalarini tashkil qilish va o’tkazish
bilan bog’liq bo’lgan sharoitlarni hamda fizkultura va sport ta’limining psixologik asoslarini va
yoshlarda sport malakalarini egallash qonuniyatlarini o’rganishdan iborat.
Psixologiya tarmoqlari orasida s a n ‘ a t psixologiyasining alohida ahamiyati bor. Bu soha
shaxsning san’atga munosabat yo’llarini, san’at asarlarini to’g’ri idrok qilish qonuniyatlarini, san’at
asarlaridan turlicha zavq-shavq olish sabablarini hamda san’at asarlari ta’sirida odamda turli
kechinmalarning manbalarini o’rganadi.
Mamlakatimizda so’nggi yillarda chet ellar bilan savdo-sotiq ishlari keng yo’lga qo’yilyapti.
Qo’shma korxonalar hayotimiz uchun zarur bo’lgan mahsulotlarni ishlab chiqarishda jonbozlik
ko’rsata boshladi. Buning natijasida psixologiya fanlari tizimida savdo psixologiyasiga ehtiyoj vujudga
keldi. Savdo psixologiyasi savdo xodimi va haridor o’rtasidagi munosabatning psixologik asoslarini,
haridorga madaniy xizmat ko’rsatishning psixologik omillarini, oluvchi va sotuvchining yosh va
individual xususiyatlarini, modalar va reklamalar ta’sirining psixologik sharoitlari mavzusida bahs
etadi.
Hozirgi psixologiyaning nisbatan yangi sohalaridan biri k o s m i k psixologiyadir. Kosmik
psixologiyaning mavzu bahsi kosmonavtlarni parvozga ruhiy jihatdan tayyorlash, ularning start, uchish
va qo’nish vaqtlaridagi psixologik kechinmalarini o’rganishdan iboratdir. Psixik hayotning nasliy
formalarini, odam psixikasining hayvonlar psixikasidan sifat jihatdan, odamga va turli hayvonlarga
xos harakatlarning o’ziga xos xususiyatlarini q i yo s i y psixologiya o’rganadi. Qiyosiy
psixologiyaning maxsus bo’limi z o o p s i x o l o g i ya bo’lib, turli hayvonlarga xos psixik holatlarni,
hatti-harakat formalarini o’rganadi. Zoopsixologiyaning bir sohasi sifatida etologiya hayvonlar
harakatlarining tug’ma mexanizmlarini kashf etish bilan shug’ullanadi.
Kasb psixologiyasining predmeti – shaxsning kasbiy shakllanish mexanizmi, qonuniyatlari
hamda psixologik xususiyatlarini o’rganishdir.
Bundan kelib chiqqan holda kasb psixologiyasi – bu shaxsda kasbiy maqsadlarni tanlash, kasb
egallash, mutaxassisning kasbiy rivojlanishiga doir qonuniyatlarni, shuningdek, shaxsning mehnatgа
layoqatlilik darajalarini o’rganuvchi psixologiya fanining sohalaridan biridir, – deb aytish mumkin.
Psixologiyaning alohida tarmoqlarini differensiasiya qilish eng avvalo ishlab chiqarishdagi inson
faoliyati kechadigan sohalar va ularning vazifalaridan kelib chiqadi. Hozirgi davrga kelib,
psixologiyani inson shaxsi haqidagi eng muhim fanlardan biri sifatidagi ahamiyatini hamma tan
olmoqda. Inson shaxsining esa bevosita kirib bormagan sohasini topish qiyin.
Psixologiyaning 300 dan ortiq tarmoqlari fan sifatida rivojlanayotganligi hozirgi kunda
psixologiyaning fanlar tizimida yanada mustahkamlanayotganligidan dalolat beradi.
Shunday qilib, psixologiyani inson faoliyatining konkret turiga qarab klassifikasiya qiladigan
bo’lsak, uning bir qancha tarmoqlari borligini ko’ramiz. (1-jadval)
28
Do'stlaringiz bilan baham: |