Microsoft Word kasbiy psixologiya \355.\355.\355



Download 4,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/558
Sana05.07.2021
Hajmi4,45 Mb.
#109653
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   558
Bog'liq
kasbiy psixologiya

  5. Din psixologiyasi 
ham bugungi kunda psixologiyaning muhim tarmoqlaridan biriga aylanib 
bormoqda.Ana shundan kelib chiqib, ayni paytda Toshkent Islom universitetida dinshunos va psixolog 
yo’nalishi bo’yicha mutaxassislar tayyorlash yo’lga qo’yildi.  
6.  Shaxs  psixologiyasi. 
Buning  vazifasi  shaxsning  individual  –  psixologik  xususiyatlari: 
xarakteri,  oliy  nerv  faoliyati  tipi  va  temperamenti,  qobiliyatlari,  xulqining  bosh  motivlari,  kasbga 
qobiliyati va ko’nikmalari kabilarni o’rganishdir.Uning bo’limlariga:  
a) 
Xarakterologiya.  
b)Individual psixologik farqlar tipologiyasi. 
v)  Professiografiya  (kasbga  bo’lgan  qobiliyati  va  ma’lum  bir  kasbga  yaroqli  ekanligini 
o’rganadigan fandir). 
Endi psixologiyaning tarmoqlaridan ba’zilariga qisqacha ta’rif berib o’tamiz. 
Bolalar  psixologiyasi-  bu  tarmoq  bolaning  tug’ilishidan  boshlab  maktab  yoshigacha  bo’lgan 
davrda psixik jihatdan rivojlanishini o’rganadi. Bolalar psixologiyasini o’rganishning hozirgi kundagi 
ahamiyati  juda  katta.  Chunki  bolalar  psixik  taraqqiyoti  o’ziga  xos  qonuniyatlarga  asoslangandir. 
Shuningdek,  bolalar  asosan  o’yin  faoliyati  jarayonida  psixik  jihatdan  rivojlanadi.  Shu  narsa  ham 
e’tiborga  loyiqki,  kichik  yoshdagi  bolalarning  shaxsiy  xususiyatlari  va  insoniy  fazilatlari  hali  tarkib 
topmagan  bo’ladi.  Buning  natijasida  ular  idrok  qilayotgan  narsalarning  mazmunini  o’zlaricha  tahlil 
qilib, to’g’ri tushuna olmaydilar. 
Umumiy  psixologiyadan  ajralib  chiqqan  yirik  hajmdagi  mustaqil  sohalardan  biri  pedagogik 
psixologiyadir.Pedagogik  psixologiya  turli  yoshdagi  o’quvchilarning  ta’lim  va  tarbiya  jarayonida 
psixologik  jihatdan  taraqqiy  etish  qonuniyatlarini,  maktab  o’quv  fanlarining  ilmiy  va  tarbiyaviy 
samaradorligini  oshirish  yo’llarni,  o’quvchilarning  bilimlarni  ongli  va  mustahkam  o’zlashtirishining 
psixologik  asoslarini  o’rganadi.  Bundan  tashqari,  pedagogik  psixologiya  o’quvchilarning  psixik 
taraqqiyoti  bilan  maktab  ta’limi  va  tarbiyasi  o’rtasidagi  munosabatni,  ta’lim  va  tarbiya  jarayoni 
mahsuldorligini oshirish usullarini asoslash yo’llarini tadqiq etish mavzusini ham o’zichiga oladi. 
Psixologiya fanlari tizimidagi muhim sohalardan biri m e h n a t psixologiyasidir. Hozirgi vaqtda 
mehnat  unumdorligini  oshirish  va  ishlab  chiqarishni  oqilona  tashkil  qilish  ishlab  chiqaruvchilarning 
psixo-fiziologik  imkoniyatlarini  aniq  bilishni  taqozo  etadi.  Bu  talab  tufayli  mehnat  psixologiyasi 
alohida tarmoq sifatida shakllanadi. 
Psixologiya fanlari tizimida mehnat psixologiyasiga juda yaqin bo’lgan tarmoq i n j e n e r l i k 
psixologiyasidir.  Injenerlik  psixologiyasi  ishlab  chiqarish  jarayonida  odam  va  mashina  o’rtasidagi 
munosabatlarni o’rganadi. Hozirgi zamon avtomatlashtirilgan texnika inshootlarini boshqarishda inson 
psixik  faoliyatining  yuqori  imkoniyatlarini  aniq  bilish  zarur.  Bunda  odamlarning  sezgilari,  idroki, 
diqqati, tafakkuri, hissiyoti, xayoli, irodasi kabi psixik sifatlarining qudrati g’oyat katta rol o’ynaydi. 
Mustaqillik  va  jamiyatning  demokratlashuvi  sharoitida  muhimi  lmiy  va  amaliy  ahamiyatga 
molik  soha  ijtimoiy  psixologiyadir.Odamlar  o’rtasidagi  o’zaro  munosabatlar,  inson  shaxsining  tarkib 
topish qonuniyatlari, shaxsning psixologik tuzilishi, ijtimoiy muhit va shaxs, guruh, jamoa, jamiyatlar 
aro  munosabatlarning  ko’rinishlari,  guruhga  xos  bo’lgan  ijtimoiy  psixologik  muammolar,  ilmiy 
psixologiya masalalari, ommaviy aloqa, ommaviy axborot, odamning odam tomonidan idrok qilinishi 
odamlararo  o’zaro  ta’sir,  bu  ta’sirning  manbalari,  turlari,  odamning  o’z-o’zini  anglashi,  o’ziga  baho 
berishi, jamoada normal psixologik iqlimni ta’minlash yo’llari, rahbar psixologiyasi, rahbar shaxsining 
                                                 
3
 

Download 4,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   558




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish