17
Wzbekiston geografiyasiga va kartografiyasiga tegishli juda muh’im asar «Hudud al-olam»
(Olamning chegaralari) X asrda (983 yilda) yaratilib, muallifi nomalumdir. Unda wsha davrga tegishli juda
kwp geografik malumotlar berilgan. Shu malumotlarni prof. H.Hasanov h’ozirgi zamon karta asosiga tushirib,
wsha
davrda
ё
zilgan bu asarni juda mukammalliligini isbotlab berdi.
Abu Rayh’on Beruniy.
Wrta Osi
ё
va Xurosondagi ilm va fanni XI-XII asrlarda Abu Rayh’on Beruniy
asarlarisiz tasavvur qilib bwlmaydi. Chunki, u Turkiston va Xurosonnigina emas, balki jah’onning eng ulug’
olimlaridan biridir. Bu allomaning asarlari sobiq
İ
ttifoqdagina emas, balki Hindistonda, Pokistonda, Misr,
Eron, Angliya, Frantsiya, Italiya,
Germaniya, AQSh, Turkiya, Eron va boshqa mamlakatlarda h’am chop etilib
wrganilib kelinmoqda.
Abu Rayh’on Beruniy 973 yili 4 sentyabrda Xorazmda Kot shah’rida tug’ilgan (h’ozirgi Beruniy
shah’ri wrnida bwlgan). U
ё
shlik chog’ida
ё
q tabiiy fanlarni wrganishga etibor berib, astronomiya, geografiya,
minerologiya, geodeziya va kartografiya fanlari soh’alarida chuqur ilmiy izlanishlar olib borgan.
Malumotlarga
qaraganda, uning 113 asari bwlgan. Sharqshunoslarning eng swnggi h’isoblariga kwra bu asarlarning 70
tasi astronomiyaga, 20 tasi matematikaga, 12 tasi geografiya va geodeziyaga, 4 tasi kartografiyaga, 3 tasi
iqlimga va h’akazolarga tegishlidir.
P.G.Bulgakovning taxminicha, Beruniy jami 10
ming varaq qul
ё
zma asar yaratgan. Agar Beruniy
qwl
ё
zmalarining h’ammasi chop etilsa, h’ar biri 35 bosma taboqa 40 jild bwlishi mumkin ekan. Beruniy
asarlari orasida geografiyaga doir asarlari juda kwp bwlib, ularda geodeziya va kartografiyaga tegishli
qismlari (boblari) bwlgan. Beruniy «Tastix as-suvar va tabtix al-quvar» asarida (bu asarni H.Hasanov
«Kartografiya» deb atagan) usturlab (astrolyabiyaning bir turi),
graduslar twri, sharni tekis yuzaga tushirish
va kartografik proektsiyalar, osmon globusini yasash twg’risida malumotlar bergan.
Asarda kartalarda tasvirlanadigan obektlarni (tafsilotlarni) qaysi ranglarda tasvirlash kerakligi aytib
wtilgan. Masalan, dengizlar pistamag’iz rangda, oqar suvlar qaxrabo va osmoniy rang bilan,
qumlar
zafaronsimon sariq rang bilan, shah’arlar chorburchak shaklda qirmizi va qizil rangda, ywllar kulrangda
tasvirlangan.
«Hindiston» kitobida shah’arlarning geografik koordinatalarini h’isoblab, ularning wrnini tekis
yuzada tasvirlagan. Masalan, u Loxur qalasining kengligini 34
0
10’ ekanligini va G’azni shah’riniki 33
0
35’,
Qobul shah’riniki 33
0
47‘, Nandna qalasiniki 32
0
ekanligini h’isoblab bergan.
Beruniy Hindistondalik vaqtida Er aylanasining uzunligini va 1
0
ё
y uzunligini oddiy usulda wlchash
ywllarini ishlab chiqqan.
Olimning eng yirik asarlaridan «Qonuni Masudiy» ni 1037
yillarda, yani umrining swnggi yillarida
ё
zib tomomlagan, uni wsha davrning podshosi Sulton Masudga bag’ishlagan. Bu kitob Beruniy asarlaridan
birinchi bwlib wzbek tiliga tarjima qilingan.
Beruniy wzining asarida geografik koordinatalarni aniqlashni wzi ishlab chiqqan yangi usuldan
foydalanib, Er yuzidagi 600 dan ortiq joyning wrnini aniqlagan. Beruniy malumotlarini
qanchanlik aniq
ekanligini M.Teshaboev tuzgan quyidagi jadvaldan kwrish mumkin (8-rasm).
Joylar nomi
Beruniy bwyicha geografik
kengligi
Hozirgi malumot
Farqi
Buxoro 39
o
20’
39
o
46’
- 0
o
26’
Wsh 43
o
25’
42
o
32’
+ 0
o
53’
Samarqand 40
o
00’
39
o
39’
+ 0
o
21’
Toshkent 42
o
30’
41
o
19’
+ 1
o
11’
Leninobod 40
o
50’
40
o
17’
+ 0
o
23’
Boku 39
o
00’
40
o
23’
- 1
o
23’
Tbilisi 40
o
00’
41
o
43’
- 1
o
23’
Darband 66
o
00’
66
o
00’
00
o
Wsh
92
o
30’
90
o
28’
+ 2
o
2’
Toshkent 89
o
10’
87
o
00’
+ 2
o
16’
Tbilisi 62
o
00’
62
o
29’
+ 0
o
29’
Leninobod 90
o
00
87
o
18’
+ 2
o
42’
18
Farg’ona 92
o
00’
89
o
26'
+ 2
o
84’
Wzgan 92
o
00’
90
o
45’
+ 2
o
05’
Jadvaldan kwrinib turibdiki, Beruniy geografik kenglik va uzoqlikni ancha twg’ri aniqlagan.
Beruniyning kartografiya faniga qwshgan katta xissasi shundaki, uning kartasi «doiraviy proektsiyada»
tuzilgan. Bu esa h’ozirgi yarim sharlar kartalarini tuzishda ishlatiladigan proektsiyalarga twg’ri keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: